Claire Harman
Claire Harman | |
---|---|
Tavalludi | 1957 |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Faoliyat yillari | 1989-yildan hozirga qadar |
Janr | Adabiy tarjimai hol, qisqa hikoya, sheʼriyat |
Mukofotlari | John Lllewyn Rhys Mukofoti; Forward Mukofoti |
Veb-sayti | |
claireharman.com |
Claire Harman — britaniyalik yozuvchi va tanqidchi.
Harman adabiyotshunos va kitob sharhlovchisi sifatida The Times Literary Supplement, Literary Review, Evening Standard, Sunday Telegraph va boshqa nashriyotlar uchun muharrirlik qilgan[1]. Harman Royal Society of Literature aʼzosi boʻlib, Oxford va Manchester universitetlarida ingliz tilidan dars bergan. Shuningdek, Columbia universitetida ijodiy yozishni oʻrgatgan[2]. Harman 1989-yilda shoira Sylvia Townsend Warnerning tarjimai holi uchun John Llewellyn Rhys Prize mukofotiga sazovor boʻlgan[3]. Uning keyingi biografik mavzulari Fanny Burney va Robert Louis Stevensonni oʻz ichiga olgan. 2009-yilda Harman roman yozuvchi Jane Austenning vafotidan keyingi shon-shuhratiga bagʻishlangan „Janeʼs Fame“ nomli kitobini nashr ettirgan. 2015-yilning sentyabr oyida Harman birinchi marta Times Literary Supplementda chop etilgan „The Mighty Hudson“ uchun Forward Prizes for Poetry mukofotiga sazovor boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Claire Harman - Archive“. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
- ↑ „Fall 2005 Courses“. Columbia University. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
- ↑ „Previous winners of the John Llewellyn Rhys Prize“. Booktrust. 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.
- ↑ „The Forward Prizes for Poetry – the Poetry Society“.