Kontent qismiga oʻtish

Claude Nicollier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Claude Nicollier
Tavalludi 1944-yil 2-sentyabr (78 yosh) Vevey, Shveysariya
Fuqaroligi Shveysariya
Kasbi Shveysariyaning Lozanna shahridagi Shveysariya Federal Texnologiya Instituti professori
Millati shveysariyalik
Kosmik karyera
Daraja Kapitan, Shveysariya havo kuchlari
Kosmosdagi vaqt
42 kun 12 soat 05 daqiqa
Tanlash 1978-yil ESA guruhi
Missiyalar STS-46, STS-61, STS-75, STS-103
Missiya belgisi

Claude Nicollier (talaffuzi: Klod Nikolye 1944-yil 2-sentyabrda Shveysariyaning Vevey shahrida tugʻilgan[1]) shveysariyalik birinchi astronavt. U toʻrtta Space Shuttle missiyalarida uchgan. Uning birinchi kosmik parvozi 1992-yilda (STS-46) va oxirgi kosmik parvozi 1999-yilda (STS-103) boʻlgan. U Hubble kosmik teleskopiga (STS-61 va STS-103) xizmat koʻrsatish missiyasida qatnashgan. Oxirgi koinot parvozi paytida u kosmik sayohatda qatnashib, kosmik kemaning missiyasi paytida buni amalga oshirgan birinchi Yevropa kosmik agentligi astronavti boʻldi. 2000-yilda u Xyustonda ESA yetakchi astronavti lavozimini saqlab qolgan holda Astronavtlar idorasida yangi lavozimga tayinlandi. Nicollier 2007-yil aprel oyida ESAdan nafaqaga chiqdi.

U 2007-yil 28-martda Lozannadagi École Polytechnique Fédérale de unversitetida Fazoviy texnologiya boʻyicha professor unvoniga sazovvor boʻldi[2]

U Swiss Space Systems kompaniyasining ekspert kengashi aʼzosi boʻlgan[3].

Nicollier 1944-yil 2-sentyabrda tugʻilgan. 1962-yilda Lozannadagi Gymnase de Lozanna (oʻrta maktab)ni tamomlagandan soʻng Lozanna universitetida fizika fakultetida tahsil oldi va 1970-yilda bakalavr darajasini qoʻlga kiritdi[1]. Nicollier 1970—1973-yillarda universitet qoshidagi Astronomiya institutida va Geneva rasadxonasida aspirant olim boʻlib ishladi. 1975-yilda Geneva universitetida astrofizika boʻyicha magistr darajasini oldi. Bunga parallel ravishda, u 1966-yilda Hawker Hunterdagi Fliegerstaffel 5 -da Shveysariya Harbiy-havo kuchlarining uchuvchisi boʻldi. Nicollier u yerda kapitan unvonini qoʻlga kiritib, 5600 soat parvoz vaqtini, shu jumladan 4000 soatini reaktiv samolyotlarda qayd etdi. Keyinchalik, 1988-yilda u Buyuk Britaniyaning Boskomb Daun shahridagi Empire Test Pilot maktabini sinovchi uchuvchi sifatida tamomlagan[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nicollier Meksikaning Monterrey shahrida yashovchi Susana Perez bilan oila qurgan. Ularning ikkita qizi bor edi: 1974-yilda tugʻilgan Maya va 1978-yilda tugʻilgan Marina[4].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Astronaut Bio:C. Nicollier“. NASA (2007-yil dekabr). Qaraldi: 30-dekabr 2010-yil.
  2. EPFL press release: Claude Nicollier nommé professeur ordinaire de technologies spatiales, 28 March 2007.
  3. „About us“. Swiss Space Systems. 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2013-yil.
  4. „Claude Nicollier: family“. spacefacts.de. Qaraldi: 30-dekabr 2010-yil.