Mualliflik huquqi
Mualliflik huquqi (ingl. copyright) gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz „koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq“dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli boʻladi. Mualliflik huquqi belgisi © boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon boʻlishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari va baʼzi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni baʼzi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega boʻlishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki maʼlumotning „material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos boʻlgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (texnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan oʻsha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan boʻlib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qoʻymaydi. Baʼzi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilingan asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruxsat beriladi. Mualliflik huquqlari baʼzi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan boʻlib, Yevropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar aʼzolaridan talab qilinadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mualliflik huquqi bosma mashina ishlab chiqilib, jamoat orasida koʻproq oʻqiy oladigan insonlar koʻpaymagunicha paydo boʻlmagan. Huquqiy konseptsiya sifatida mualliflik huquqi tarixi oʻn sakkizinchi asrda bosmaxonalar of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni boʻlib, bosmaxonalarga maʼlum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soluvchi huquqiy konseptsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan huquq sohasiga aylandi. monopoliya]]siga qarshi Britaniyada boʻlib oʻtgan harakatga borib taqaladi. Angliya qiroli Charlz II tartibga solinmagan kitob nusxa qilinishidan havotirga tushib, oʻz qirollik kuchidan foydalanib 1662 yilda Litsenziyalash Qonuni (Licensing Act) kuchga kiritadi. Anna Qonuni (The Statute of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni boʻlib, bosmahonalarga maʼlum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soliflik huquqi [luvchi huquqiy konseptsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan huquq sohasiga aylandi.
Bern Konvensiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1886 yilgi Bern Konvensiyasi dastlab suveren millatlar orasida oʻzaro mualliflik huquqlarini tan olish uchun paydo boʻlgan edi. Bern Konvensiyasiga koʻra, kretiv asarlar tan olinishi yoki eʼlon qilinishi shart emas, chunki, ular paydo boʻlishi bilan avtomatik tarzda mualliflik huquqi himoyasi ostiga oʻtishadi. Muallif Bern Konvensiyasiga a'zo davlatlar miqyosida oʻz mualliflik huquqlari uchun roʻyhatdan oʻtishiga hojat yoʻq. Uning asari biror bir moddiy manbada muhrlangan (qogʻozga, diskka, toshga, rasmga va h.klarga yozilgan/olingan) ekan, muallif oʻz asari va undan yaratiladigan barcha asarlarga (derivative works) avtomatik tarzda huquqlarga ega boʻladi. Bu huquqlar mualliflik huquqi muddatining tugashi yoki muallifning oʻz roziligiga koʻra oʻzgartilishi, tugatilishi mumkin. Bern Konvensiyasining qabul qilinishi yana, chet el mualliflarining mahalliy mualliflar bilan oʻzaro teng huquqlarga ega boʻlishini taʼminladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bern Konvensiyasini 2005 yil 19-aprelda imzoladi. Birlashgan Qirollik Konvensiyani 1887 yilda imzolagan boʻlsada, uning kuchga kiritilishi 1988 yilda, deyarli yuz yil oʻtgach Mualliflar huquqi, Dizayn va Patent Qonuni (Copyright, Designs and Patents Act of 1988) ning qabul qilinishi bilan birga amalga oshdi. AQSH Konvensiyani 1989 yilda imzoladi. Bern Konvensiyasi qoidalarining Jahon Savdo Tashkilotining TRIPS shartnomasiga inkorporatsiya qilinganligi uni amalda butun dunyo boʻylab keng tarqalishiga olib keldi.
Mualliflik huquqlarini paydo boʻlishi va ularning himoyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odatda, mualliflik huquqiga daʼvo qilish uchun asar baʼzi minimal originallik talablariga javob berishi kerak va ushbu huquq maʼlum vaqt oʻtgach yoʻqoladi. Har xil davlatlar turli talablar qoʻysada, umuman olganda talablar judayam kam: Birlashgan Qirollikda asarga ozgina „qobiliyat, ish kuchi va qaror“ sarflangan boʻlishi kerak.
OʻzMEda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mualliflik huquqi — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Tor maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.
Mualliflik huquqi boʻyicha 1952-yilgi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1041—1073-moddalar) va „Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi“ Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1996-yil 30-avgust) da belgilangan.
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va hokazo)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obʼyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanvardan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi.
Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim. Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yoʻqqilibtashlanadi. Mualliflik huquqi egasi oʻziga tegishli xuquklarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Hukuq egasidan boshqa shaxslar Mualliflik huquqilarini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin (mas, ishonchnoma orqali). Mualliflik huquqi egalari oʻz zimmasiga Mualliflik huquqilarini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning oʻz asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquklar) tijorat muomalasida harakatda boʻlishi, haq evaziga boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi, hadya qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida Mualliflik huquqini oʻzlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (yana qarang Intellektual mulk huquqi). Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliyhuquqiy taʼminlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat koʻrsatadi.
Adabiyot:
- Tosheʼ B., Mualliflik huquqi, T., 2002;
- Nasriyev I. Mualliflik huquqi mazmuni va shaxsiy nomulkiy xuqukdar himoyasi, T., 2003.
Omon Oqyulov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |