Cornelia Bowen
Cornelia Bowen | |
---|---|
Tavalludi |
24-sentyabr 1865-yil |
Vafoti |
9-iyul 1934-yil (68 yoshda) Mount Meigs, Alabama |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | oʻqituvchi, maktab asoschisi va yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1885 — 1934 |
Cornelia Bowen (talaffuzi: Korneliya Bouen; 1865 —1934) — afroamerikalik oʻqituvchi va Alabamalik maktab asoschisi edi. U Tuskegee institutining birinchi bitiruvchi sinfida oʻqigan va Maunt Meigs Colored Institutini hamda Mount Meigs Kampusini tashkil etgan. Bowen oʻzi taʼlim olgan Tuskegee instituti tamoyillariga asoslanib, oʻquvchilarni oʻz sanoatida rivojlanishga oʻrgatish uchun sanoat maktablarini yaratgan. U shtat va milliy rangli ayollar federatsiya klublarining aʼzosi boʻlgan va ikkala tashkilotning ofitseri sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, Bowen Alabama negro oʻqituvchilar uyushmasining birinchi ayol prezidenti etib saylangan.
Yoshligi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cornelia Bowen 1865-yil 24-sentyabrda Alabama shtatining Tuskegee shahri yaqinida polkovnik William B. Bowenga qarashli plantatsiyada Sophia va Henry Clay Bowen oilasida tug‘ilgan[1]. Uning onasi Maryland shtatining Baltimore shahrida tugʻilgan, yoza olmasa ham xoʻjayinining qizi tufayli oʻqishni oʻrgangan qul edi[2]. Bowen uzun boʻyli, nozik mulat sifatida tasvirlangan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻqishni tugatgandan soʻng, Bowen Bolalar uyida yoki Tuskegee maktabida direktor boʻlgan. Bir necha muddatdan soʻng, „Old Carter Place“ni meros qilib olgan Konnektikut shtatidagi Plainfildda jamoa uchun kichikroq maktab ochmoqchi boʻlgan Bowenga Washington ishlash imkoniyatini taklif qildi. Bowen bu hududga sayohat qilib, aholini qashshoqlikdan azob chekayotganini aniqladi[2][4]. Plantatsiya urugʻ ekilishidan oldin paxtasi garovga qoʻyilgan savodsiz aktsiyadorlar bilan toʻla edi. Ular almashlab ekish yoki oziq-ovqat uchun ekish, oʻz mulkiga ega boʻlish haqida hech qanday maʼlumotga ega emas edilar va koʻp oilalar bir xonali kulbalarda yashardilar. Hududdagi yagona maktab 1 yilda 3 oy ochiq bo‘lib, unda tahsil olgan 300 nafar o‘quvchidan faqat besh nafari o‘qiy olgan[3]. Bowen ularga muqaddas oyatlarni[2] o‘rgatish uchun dastlab yakshanba maktabini tashkil qilgan, so‘ngra uyma-uy yurib, ota-onalar hamda ularning bolalari bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatgan va onalarga bola tarbiyasi haqida maslahatlar berish uchun ularni yig‘ilishlarga jalb qilgan[5].
Bowen jamoat markazini yaratib, u yerda ayollar va qizlarga pazandachilik, uy-roʻzgʻorchilik va tikuvchilikni, shuningdek, bola tarbiyasi[6], parvarish, jismoniy mashqlar va sogʻlom ovqatlanishni oʻrgatgan[5]. U erkaklar va oʻgʻil bolalarga yaxshi er, dehqon va oʻz yerlariga egalik qilishning afzalliklarini tushuntirgan[6]. Bowen paxta, makkajoʻxori va qovoq urugʻlarini ekish, begona oʻtlarni yulish, yer haydash va terim-yigʻimdan 30,50 dollar sof foyda koʻrgan[7]. Piercedan 1735 dollar qarz olib, ikki qavatli bino qurdirgan. Garchi Bowen qarzni toʻlash uchun oʻz chorva mollarini Montgomeryda sotgan boʻlsa-da, yetti yil ichida jamoa qarzni toʻliq toʻlagan. Grammatika va arifmetikani oʻrgatishdan tashqari, Bowen dehqonchilik, bogʻdorchilik, asalarichilik, chorvachilik va parrandachilik kabi hayotiy koʻnikmalarni oʻrgatgan[6].
Har yozda Bowen oʻz maktabi uchun mablagʻ yigʻish va malaka oshirish uchun shimolga sayohat qilardi. 1893-yilda u New-York shahridagi Kolumbiya oʻqituvchilar kollejida, keyinroq 1898 — 1900-yillarda Glazgodagi Qirolicha Margaret kollejida oʻqidi[1][3][6]. U Yangi Orleandagi Straight kollejida bakalavr darajasini olgan va keyinroq „Alabamadagi negrlar orasida voyaga yetmaganlar jinoyati“ nomli maqola bilan Battle Creek kollejida magistrlik darajasini olgan[2]. U „tabiatga qaytish“ harakatida, asosan vegetarian taomlarini isteʼmol qilgan, sport bilan shugʻullangan va naturistlar jamiyatida vaqt oʻtkazgan[8].
Vafoti va hotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bowen 1934-yil iyul oyida Alabama shtatining Montgomeri okrugidagi Meigs Mountda vafot etdi[9]. U asos solgan ikkita muassasa hamon faoliyat yuritmoqda. Institut hozirda Georgia Washington oʻrta maktabi[2] va axloq tuzatish muassasasi Mount Meigs kampusi sifatida tanilgan[10].