Kontent qismiga oʻtish

Cristian Fiél

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cristian Fiél
Fiél Dynamo Dresden bilan, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 12-mart 1980-yil (1980-03-12) (44 yosh)
Tavallud joyi Esslingen, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1988 VfB Oberesslingen
1988—1994 VfB Stuttgart
1994—1997 VfL Kirchheim
1997—1999 Stuttgarter Kickers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Stuttgarter Kickers 27 (2)
2001—2003 Union Berlin 48 (8)
2003—2004 VfL Bochum 6 (0)
2003—2004VfL Bochum II 5 (2)
2004—2010 Alemannia Aachen 179 (11)
2010—2015 Dynamo Dresden 108 (3)
Boshqargan klublari
2018 Dynamo Dresden (vaqtinchalik)
2019 Dynamo Dresden
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Cristian Fiél (talaffuzi: Kristian FIl; 1980-yil 12-martda tugʻilgan) — nemis-ispaniyalik futbol murabbiyi, sobiq yarim himoyachi. Oxirgi marta Dresdenning „Dynamo“ klubini boshqargan[1].

Faoliyatini oʻzi tugʻilgan Baden-Vyurtembergdagi turli klublarida boshlagan. 1997-yilda „Stuttgarter Kickers“ga qoʻshildi. 2000-yil aprel oyida Valdhof Mannheimga qarshi oʻyinda Alexander Blessin oʻrniga maydonga tushib debyut qildi[2]. 1999—2000-yilgi mavsumda yana uchta oʻyinda maydonga tushdi[3]. Keyingi mavsumda asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylandi va 23 oʻyinda ikkita gol urdi[4]. Klub oʻsha mavsumda quyi ligaga tushib ketdi.

Keyin Fiél 1.FC Union Berlin qoʻshilib 33 ta oʻyinda 7 ta gol urdi[5]. Keyingi mavsumda Union moliyaviy muammolarga duch keldi va oʻyinchilarni sotishga majbur boʻldi. Fiél VfL Bochumga sotildi va Bundesligada oʻynash uchun birinchi imkoniyatga ega boʻldi. 2002—2003-yilgi mavsumda „Union Berlin“ safida 16 ta va „Bochum“ tarkibida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan[6].

Fiél Bundesligadagi debyutini 2003-yil yanvar oyida 1. FC Nürnberg klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Mavsum tugaguniga qadar yana beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2004-yilning yanvarida 2. Bundesliga klubi Alemannia Aachen bilan shartnoma imzoladi. 2004-yilgi DFB-Pokal finalida 73-daqiqada Willi Landgraf oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.

2005—2006-yilgi mavsumda Aachen ikkinchi oʻrinni egalladi va Bundesligaga koʻtarildi. 2006—2007-yilgi mavsumda 30 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Fiél yana uch mavsumni ikkinchi divizionda „Aachen“da oʻtkazdi. 2010-yil Dynamo Dresdenga qoʻshildi. 2010—2011-yilgi mavsumda 23 ta oʻyinda maydonga tushdi. Fiél 2011-yilning yozida Thomas Hübener ketganidan soʻng „Dynamo“ sardori etib tayinlandi.

Fiél 2015-yilning yozida nafaqaga chiqdi[7].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil yozida oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqqanidan soʻng, Fiél Dresdenning „Dynamo“ siga yoshlar murabbiyi sifatida ishga qabul qilindi[8]. 2018-yilning 23-avgustida vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimini egalladi[9]. 2018-yilning 11-sentyabrida ishdan boʻshatildi[10]. 2019-yil 24-fevralda yana Dresden bosh murabbiyi etib tayinlandi[11]. 2019—2020-yilgi 2. Bundesligada jamoasi soʻnggi oʻringa tushib qolganidan keyin 2019-yilning 2-dekabrida klubni tark etdi[12].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami Manba
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Stuttgarter Kickers 1999—2000 2. Bundesliga 4 0 1 0 5 0 [3]
2000—2001 23 2 0 0 23 2 [13]
Jami 27 2 1 0 28 2
Union Berlin 2001—2002 2. Bundesliga 33 7 3 1 4 0 40 8 [14]
2002—2003 15 1 1 1 16 2 [15]
Jami 48 8 4 2 4 0 56 10
VfL Bochum 2002—2003 Bundesliga 6 0 1 0 7 0 [15]
Alemannia Aachen 2003—2004 2. Bundesliga 15 1 3 0 18 1 [16]
2004—2005 24 2 2 0 6 0 32 2 [17]
2005—2006 26 1 1 0 27 1 [18]
2006—2007 Bundesliga 30 2 3 0 33 2 [19]
2007—2008 2. Bundesliga 27 2 2 0 29 2 [20]
2008—2009 28 2 1 0 29 2 [21]
2009—2010 29 1 2 0 31 1 [22]
Jami 179 11 14 0 6 0 199 11
Dynamo Dresden 2010—2011 3. Liga 23 0 0 0 2 1 25 1 [23]
2011—2012 2. Bundesliga 24 1 2 0 26 1 [24]
2012—2013 23 1 1 0 2 1 26 2 [25]
2013—2014 17 1 0 0 17 1 [26]
2014—2015 3. Liga 21 0 2 0 23 0 [27]
Jami 108 3 5 0 4 2 117 5
Jami faoliyati 368 24 25 2 10 0 4 2 407 28

Murabbiylik statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
4-may, 2019-yil
Jamoa Boshlash Yakunlash Natija
D M Gʻalaba % Manba
Dynamo Dresden 23.08.2018[9] 11.09.2018[10] 1 0 0 1 000.00 [28]
Dynamo Dresden 24.02.2019[28] 2.12.2019[12] 9 3 4 2 033.33 [28]
Jami 10 3 4 3 030.00
  1. „Cristian Fiél“. worldfootball.net. Qaraldi: 31-oktabr 2012-yil.
  2. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  4. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  5. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  6. „Cristian Fiél " Club matches“. World Football. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  7. „Tränen-Abschied von Dynamo Dresden“. Bild. Qaraldi: 8-may 2015-yil.
  8. „Tränen-Abschied von Dynamo Dresden“. Bild. Qaraldi: 8-may 2015-yil.
  9. 9,0 9,1 „Interimstrainer Fiel – Übernimmt bald Kwasniok?“ (olmoncha). kicker.de. kicker (23-avgust 2018-yil). Qaraldi: 2018-yil 11-sentyabr.
  10. 10,0 10,1 „"Wunschkandidat" Walpurgis unterschreibt bis 2020“ (olmoncha). kicker.de. kicker (11-sentyabr 2018-yil). Qaraldi: 2018-yil 11-sentyabr.
  11. „Cristian Fiel wird neuer Cheftrainer der SGD“. dynamo-dresden.de (24-fevral 2019-yil). 27-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2022-yil.
  12. 12,0 12,1 „Dynamo Dresden und Fiel gehen getrennte Wege“. kicker.de. kicker (2-dekabr 2019-yil).
  13. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  14. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  15. 15,0 15,1 „Cristian Fiél " Club matches“. World Football. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  16. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  17. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  18. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  19. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  20. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  21. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  22. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  23. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  24. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  25. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  26. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  27. „Cristian Fiel“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-sentyabr 2018-yil.
  28. 28,0 28,1 28,2 „Dynamo Dresden“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 11-sentyabr.