Dânişmendliler bekligi
Dânişmendliler bekligi Dânişmendliler Beyliği | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
1097-yilda Dânişmendliler bekligi. | ||||
Poytaxti | Niksar Sivas | |||
Til(lar)i | Turk tili | |||
Dini | Islom | |||
Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | |||
Sulola | Dânişmendliler | |||
Bek | ||||
- 1075—1084(ilk) | Danişmend Gazi | |||
- 1171—1178 (soʻngi) | Melik İmadeddin Zünnun | |||
Tarix | ||||
- 1080 | Danişmend Gazi beklikka asos soldi | |||
- 1135 | Aynüddevle bin Gazi Malatyadagi Dânişmendliler bekligiga asos soldi | |||
- 1187 | Beklik Koʻniya sultonligi tarkibiga qoʻshib olindi. | |||
Dânişmendliler bekligi (turkcha: Dânişmendliler) — 1080-1178-yillar orasida Çorum, Tokat, Niksar, Amasya, Malatya, Kayseri shaharlari va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Sivas boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikning ilk poytaxti Niksar, keyin esa Sivas boʻlgan. 1187-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Kılıç Arslan II tomonidan bosib olingan boʻlib, tarixda Onadoʻlida Koʻniya sultonligi tarkibiga qoʻshib olingan ilk turk bekligi sifatida muhimdir.
Beklikning nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beklikning nomi asoschisi Danişmend Gazining ismidan olingan. Aslida Danişmend Gazi ismi Taylu boʻlib, turklarga muallimlik qilgani uchun Donishmand deb atashgan va malik unvoniga loyiq koʻrishgan. Donishmand forscha soʻz boʻlib, „bilimli odam“ degan maʼnoni bildiradi. Oʻsha davrning manbalarida Tayluning toʻliq ismi „Melik-i Muazzam Danişmend Ahmed Gazi Ali et-Türkmani“ sifatida yozib qoldirilgan. Manbalarda beklikning asoschisi Danişmend Gazining Ozarbayjonning Arran hududi va uning atrofida yashagan turkman bir oilada tugʻilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Tarixchilar İbn Hamdun va İzzeddin İbn Şeddad Danişmend Gazining Koʻniya sultonligi asoschisi Süleyman Şahning tog'asi ekanligi haqida ma'lumotlar yozib qoldirishgan[1][2]..
Beklikka asos solinishi va tugatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalarda ismi Melik-i Muazzam Danişmend Ahmed Gazi Ali et-Türkmani shaklida yozib qoldirilgan Danişmend Ahmed Gazi, 1064-yilda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslonning Kavkazga uyushtirgan harbiy yurishida qatnashgan va shu vaqtdan boshlab uning huzurida xizmat qilgan[3]. Malazgirt jangiga qatnashgan Danişmend gʻalabaning qoʻlga kiritilishida muhim rol kasb etdi. 1080-yilda Vizantiya imperiyasiga tegishli boʻlgan Sivas shahrini egalladi va Dânişmendliler bekligiga asos soldi.
Sivasni harbiy qarargoh sifatida foydalangan Danişmend Gazi Çavuldur, Tursan, Kara Doğan, Osmancık, İltekin va Karatekin isimli yaqin amirlari bilan Amasya, Tokat, Niksar, Kayseri, Zamantı, Develi va Çorum hududlarini fath etib, bekligi hududini yanada kengaytirdi. Birinchi salib yurishlarida poytaxti Iznikni qoʻldan boy bergan Koʻniya sultoni Kılıçarslan I ga yordam berdi. Kılıçarslan I ning xristian salibchilarga qarshi olib borgan Eskişehir jangida yonida turdi. Ammo bu jangda turklar magʻlubiyatga uchradi va salibchilar Pnadoʻli ichiga qarab yurdilar. Ammo Dânişmendliler va Onadoʻlidagi boshqa bekliklarning hujumi natijasida salibchi xristianlar qoʻshinlarining bir qismini yoʻqotdilar va katta talofatlar koʻrdilar.
Dânişmendliler 1100-yilda Vizantiya imperiyasidan ajralib chiqib, mustaqil boʻlib olgan Malatyani qamal qildilar. Antakyani egallab, Antakya knyazligiga asos solgan salibchi Boemondo Malatyaga yordam uchun keldi. Ammo Dânişmendliler bilan boʻlgan jangda magʻlub boʻldi va asir tushdi. Malatya 1103-yilda Dânişmendliler bekligi tarkibiga qoʻshib olindi. Danişment Gazi qoʻlida asir boʻlgan Antakya knyazi Boemondoni ikki yuz oltmish ming dinor evaziga ozod qildi. Ammo bu harakar Koʻniya sultoni Kılıçarslan I bilan Danişment Gazi oʻrtasiga sovuqchilik tushirdi. Maraşda boʻlib oʻtgan jangda yengilgan Danişment Gazi, 1104-yilda vafot etdi. Beklikning taxtiga oʻgʻli Melik Gazi chiqdi.
1135-yil Malatyada Melik Aynüddevle bin Gazi oʻzini bek deb eʼlon qilshi bilan Dânişmendliler bekligi ikiga boʻlindi. Malatya Dânişmendliler bekligi 1175-yilda tugatildi. Beklikning ikkinchi qismi 1178-yilda Koʻniya sultoni Kılıçarslan II tomonidan bosib olindi.
Dânişmendlilerning meʼmoriy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kayseri Ulu Camii
- Niksar Ulu Camii
- Kayseri Gülük Camii ve madrasalari
- Amasya Halifet Gazi maqbarasi
- Melikgazi maqbarasi
- Tokat Yağıbasan madrasasi (Çukur Medrese)
- Niksar Yağıbasan madrasasi
Dânişmendliler bekligi beklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sivas beklari
Bek | Hukmdorlik yili | Izohlar |
---|---|---|
Danişmend Gazi | 1075-1084 | Beklik asoschisi |
Gümüştekin Gazi | 1084-1104 | |
Melik Gazi | 1104-1134 | |
Melik Muhammed | 1134-1142 | |
Nizameddin Yağıbasan | 1142-1164 | |
Melik Şemseddin İsmail | 1164-1171 | |
Melik İmadeddin Zünnun | 1171-1178 | Beklikning oxirgi beki[4] |
Malatya beklari
Bek | Hukmdorlik yili | Izohlar |
---|---|---|
Melik Aynüddevle | 1135-1152 | Malatyadagi beklik asoschisi |
Melik Alaüddin Zülkarneyn | 1152-1162 | |
Melik Nasırüddin Mehmed | 1162-1170 | |
Melik Fahrüddin Kasım | 1170-1171 | |
Melik Efridûn | 1171-1175 | Oxirgi bek[5] |
Dânişmendlilerning shajarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Danişmend Gazi (oʻ. 1084) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
İsmail | Gümüştekin Gazi (oʻ. 1104) | İbrahim | Yağısıyan | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Melik Emir Gazi (oʻ. 1134) | Sungur | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Melik Muhammed (oʻ. 1143) | Nizameddin Yağıbasan (ö. 1164) | Yağan | Aynüddevle | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Zünnun | Zülkarneyn | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abdulkerim Özaydın, Danişmend Gazi (Wayback Machine saytida 2015-02-16 sanasida arxivlangan), İslam Ansiklopedisi, Cilt 8, Sayfa 468
- ↑ Özhan Öztürk. Pontus: Antik Çağ’dan Günümüze Karadeniz’in Etnik ve Siyasi Tarihi (Wayback Machine saytida 2013-06-01 sanasida arxivlangan). Genesis Yayınları. Ankara, 2011. 2. Baskı s. 453-55. ISBN 978-605-54-1017-9. Yazar Öztürk, ayrıca Danişmendiler ile Pavlusçular ve bugünkü Alevi toplumu arasında bağlantı kurmaya çalışmıştır
- ↑ Danişmend Oğulları'nın Dinî ve Millî Siyaseti, Prof Mikail Bayram, (Selçuk Üniversitesi Tarih Bölümü), Türkiyat Araştırmaları Dergisi, 131, Bağlantı (Wayback Machine saytida 2013-12-12 sanasida arxivlangan)
- ↑ Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.39
- ↑ Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.40