Déborah François
Déborah François | |
---|---|
Tavalludi |
24-may 1987-yil[1] |
Kasbi | Aktrisa |
Filmlari |
L’Enfant Populaire |
Faoliyat yillari | 2005–hozirgi kungacha |
Déborah François (fransuzcha talaffuzi: [debɔʁa fʁɑ̃swa]; 1987-yil 24-mayda tugʻilgan) – belgiyalik aktrisa[1]. U aka-uka Dardennelar tomonidan suratga olingan hamda „Oltin palma“ mukofotiga sazovor boʻlgan „L’Enfant“ (2005) filmidagi ijro etgan roli bilan mashhur. 2009-yilda u „The First Day of the Rest of Your Life“ filmidagi roli uchun „Eng istiqbolli aktrisa“ yoʻnalishida César mukofotini qoʻlga kiritgan[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Déborah François 1987-yil 24-mayda Belgiyaning Liej viloyatidagi Rocourt shahrida tugʻilgan[2]. Uning otasi politsiyachi, onasi esa ijtimoiy xodim boʻlgan. Déborah uch farzandning ikkinchisi edi[4].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]François Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi hududida joylashgan Liej viloyatida tugʻilib oʻsgan. 2005-yilda uning isteʼdodini ikkita kino prodyuseri (Jean-Pierre va Luc Dardenne) payqagan va unga „L’Enfant“ nomli filmida asosiy ayol rolini bergan. Film voqealari François tugʻilgan shaharda boʻlib oʻtadi, unda Bruno va Sonia ismli yosh er-xotin bosh qahramonlar sifatida ishtirok etadi. Er-xotin ijtimoiy taʼminot nafaqalari va Brunoning oʻgʻirliklaridan tushgan mablagʻlar hisobiga yashaydi. U oʻgʻrilar toʻdasining boshligʻi boʻladi. Sonia farzand koʻrganida, Bruno sovuqqonlik bilan oʻz farzandini dilerga bir necha ming yevroga sotadi. Ushbu film 2005-yilda Kann kinofestivalida „Oltin palma“ mukofotiga sazovor boʻlgan[4].
Aktrisa sifatidagi debyutidan soʻng u maktabni tark etgan va 2006-yilda Denis Derkurning „La Tourneuse de pages“ nomli triller filmida oʻzining navbatdagi rolini ijro etgan. Bu film orqali u yanada koʻproq eʼtirofga sazovor boʻlgan. Filmda u qassobning qasos oluvchi qizi Melanie rolini oʻynagan. Ushbu filmda François Melanie rolidagi ijrosi uchun tanqidchilarning alohida olqishiga sazovor boʻlgan va 2007-yilda „Eng istiqbolli aktrisa“ yoʻnalishida „César“ mukofotiga nomzod boʻlgan.
2009-yilda François „The First Day of the Rest of Your Life“ filmidagi Fleur roli uchun „Eng istiqbolli aktrisa“ yoʻnalishida ikkinchi marotaba „César“ mukofotiga nomzod boʻlgan holda uni qoʻlga kiritgan[4]. Oʻsha yili u „Prix Romy Schneider“ mukofotiga sazovor boʻlgan va Matthias Schoenaerts bilan birgalikda „My Queen Karo“ filmida rol ijro etgan. Keyin u 2010-yilda „Mes chères études“ (keyinchalik „Student Services“ deb qayta nomlangan) filmida rol oʻynagan. Bu filmda universitet talabasi shartnoma toʻlovlarini toʻlash uchun yomon ishlarga qoʻl urishi tasvirlangan. 2013-yilda u „Les Tribulations d’une caissière“ filmi uchun „Eng yaxshi ayol aktrisa“ yoʻnalishida „Magritte“ mukofotiga nomzod boʻlgan. François 2014-yilda „Populaire“ mukofotiga, 2015-yilda esa „Maestro“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]François Belgiyaning Liej viloyatida ulgʻayganidan soʻng Fransiyaning Parij shahrida yashagan. U yerda hamkasbi aktrisa Marie Gillain bilan bitta oʻrta maktabda oʻqigan. Marie ham „Les Femmes de l’Ombre“ filmida François bilan birgalikda ishtirok etgan va Gaëlle Lemenech rolini oʻynagan.
„L’Enfant“ filmidan soʻng François shunday intervyu bergan: "Mening hayotim butunlay oʻzgarib ketdi. „L’Enfant“ filmidan oldin, men filmda suratga tushadigan omadli qizman deb oʻylardim, lekin bu film meni shakllantira olgan yagona film boʻldi. Men Parijda hech qachon boʻlmaganman va festivallar orqali birdaniga butun dunyoni tomosha qilib yuribman. Bu oʻrta maktabdan ancha farq qiladi"[5].
U 2020-yilda Mario Casas bilan qisqa muddat davomida munosabatda boʻlgan[6].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film | Rol(lar) | Rejissyor(lar) | Izoh |
---|---|---|---|---|
1992-yil | Malveillos, il est minuit Poupée | Vazimolette | Christian Pfohl & Kram Reyob | Qisqa metrajli film |
2005-yil | The Child | Sonia | Dardenne Brothers | |
2006-yil | The Page Turner | Mélanie Prouvost | Denis Dercourt | |
2007-yil | Red Ants | Alex | Stéphan Carpiaux | |
Indian Summer | Suzanne | Alain Raoust | ||
2008-yil | Female Agents | Gaëlle Lemenech | Jean-Paul Salomé | |
The First Day of the Rest of Your Life | Fleur Duval | Rémi Bezançon | Eng istiqbolli aktrisa yoʻnalishida César mukofotini qoʻlga kiritdi | |
2009-yil | Unmade Beds | Véra | Alexis Dos Santos | |
Fais-moi plaisir! | Aneth | Emmanuel Mouret | ||
My Queen Karo | Dalia | Dorothée Van Den Berghe | ||
2010-yil | Student Services | Laura | Emmanuelle Bercot | |
2011-yil | The Monk | Valerio / Mathilde | Dominik Moll | |
Memories Corner | Ada Servier | Audrey Fouché | ||
The Tribulations of a Cashier | Solweig Antoniazi | Pierre Rambaldi | ||
2012-yil | Zarafa | Zarafa | Rémi Bezançon & Jean-Christophe Lie | |
Populaire | Rose Pamphyle | Régis Roinsard | ||
2013-yil | Going Away | Emmanuelle Cambière | Nicole Garcia | |
2014-yil | Maestro | Gloria | Léa Fazer | |
2016-yil | The Poisoning Angel | Hélène Jégado | Stéphanie Pillonca-Kervern | |
Cézanne and I | Marie-Hortense Fiquet | Danièle Thompson | ||
My Family Already Adores You! | Éva Périné | Jérôme Commandeur & Alan Corno | ||
2017-yil | Everyone's Life | Jessica | Claude Lelouch | |
Praise Me! | Léa Masson | Coline Assous & Virginie Schwartz | ||
2018-yil | Territory of Love | Maria | Romain Cogitore | |
2019-yil | Never Grow Old | Audrey Tate | Ivan Kavanagh | |
Savage State | Justine | David Perrault | ||
2020-yil | The Paramedic | Vanesa François | Carles Torras | |
TBA | The Long Teeth | Mathilde | Jérôme Genevray | Suratga olinmoqda |
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Yoʻnalish | Nominant | Natija |
---|---|---|---|---|
2006-yil | Joseph Plateau Awards | Eng yaxshi Belgiyalik aktrisa | L’Enfant | Yutuq |
César Awards | Eng istiqbolli aktrisa | L’Enfant | Nominatsiya | |
2007-yil | César Awards | Eng istiqbolli aktrisa | The Page Turner | Nominatsiya |
Lumiere Awards | Eng istiqbolli yosh aktrisa | The Page Turner | Nominatsiya | |
SACD Awards | Suzanne Bianchetti mukofoti | — | Yutuq | |
2009-yil | Prix Romy Schneider | Prix Romy Schneider | — | Yutuq |
César Awards | Eng istiqbolli aktrisa | The First Day of the Rest of Your Life | Yutuq | |
2013-yil | Globes de Cristal Award | Eng yaxshi aktrisa | Populaire | Nominatsiya |
Magritte Awards | Eng yaxshi aktrisa | Les Tribulations d'une caissière | Nominatsiya | |
2014-yil | Eng yaxshi aktrisa | Populaire | Nominatsiya | |
2015-yil | Eng yaxshi aktrisa | Maestro | Nominatsiya |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Bion, Lucille „New Wave #4 : Déborah François, caméléon belge“ (fr). Kombini (2017-yil 19-oktyabr).
- ↑ 2,0 2,1 „Déborah François“ (fr). Premiere. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
- ↑ „Déborah François, César 2009 du Meilleur Espoir Féminin pour Le premier jour du reste de ta vie“. 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Déborah François, no longer in the shadows“. Focus on Belgium. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
- ↑ „The New Ingenue: Actress Déborah François“. WWD.com (2009-yil 10-fevral). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
- ↑ „Llega a cartelera la película francesa La Mecanógrafa“ (es). El País (2014-yil 24-iyun). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Déborah François haqida turkum mavjud |