Kontent qismiga oʻtish

DAX

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Logotipi

DAX (nemischa: Deutscher Aktienindex , bozorda GER30 sifatida koʻrsatilgan) Germaniyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. Indeks Germaniyadagi 40 ta eng yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aksiyalari narxining kapitallashuvi boʻyicha oʻrtacha qiymati sifatida hisoblanadi. DAX Britaniyaning FTSE 100 va Amerika Dow Jones indekslarining ekvivalenti hisoblanadi.

DAX 1988-yil 1-iyulda yaratilgan boʻlib, boshlangʻich qiymati 1000 balldan iborat.[1] Indeks Deutsche Börse AG tomonidan hisoblab chiqariladi.

2020-yil 24-noyabrda Deutsche Börse Germaniya iqtisodiyotining zamonaviy tuzilmasini toʻliqroq aks ettirish maqsadida indeksni oʻnta qoʻshimcha komponentga kengaytirilishini eʼlon qildi. Kengaytiruv 2021-yilning 3-choragida amalga oshirildi.[2]

Indeksni hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Frankfurt fond birjasidagi DAX kurslar tablosi

2016-yil yanvar oyidan boshlab indeks har savdo kuni Markaziy Yevropa vaqti bilan 9:06 dan boshlab hisoblab chiqiladi. DAX ni hisoblashda XETRA elektron birjasidagi aksiyalarning narxlaridan foydalaniladi.[3]

Etyen Laspeyres formulasi asosida hisob-kitob qilish uchun tanlangan listing kompaniyalarining aksiyalari narxlari ularning bozor kapitallashuviga qarab oʻlchanadi.[4]

Faqat erkin muomaladagi aksiyalargina hisobga olinadi. Agar kompaniya kapitali bir necha turdagi aksiyalarga (masalan, oddiy va imtiyozli aksiyalarga) boʻlingan boʻlsa, likvidligi yuqori boʻlgan aksiyalar turi qoʻllanadi.[5]

Tanlov mezonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil sentabr oyidan boshlab kompaniyalar DAXga faqat bitta asosiy mezon – aksiyadorlik jamiyatining bozor kapitallashuvi boʻyicha kiritilish huquqiga ega.[6] Strategik investorlar qoʻlidagi emas, balki erkin muomalada boʻlgan barcha aksiyalarning umumiy qiymati hisobga olinadi. Boshqa oldingi mezonlar, masalan, ushbu qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish faolligi kabi mezonlar yoʻqoldi.

Bundan tashqari, yangi qatʼiy shart joriy etildi: DAX 40 uchun nomzodlar kamida ikki yillik daromadga ega boʻlishlari, shuningdek, muntazam ravishda nafaqat yillik va yarim yillik, balki har chorakda auditdan oʻtgan hisobotlarni taqdim etishlari kerak.[7]

Agar aksiyaning ogʻirligi 10% dan oshsa va aksiyaning 30 kunlik tarixiy oʻzgaruvchanligi 250% dan oshsa, aksiya qayta balanslash sanalari orasidagi indeksdan chiqarilishi mumkin.[8]

DAXga kiruvchi kompaniyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Logotip Kompaniya Soha Qisqartma Indeks koʻrsatkichi (%)1
Adidas Oyoq kiyim va libos ADS 3.0056
Allianz Sugʻurta ALV 8.3724
BASF Kimyo sanoati BAS 8.2032
Bayer Kimyo sanoati BAYN 8.3973
Beiersdorf Isteʼmol tovarlari BEI 0.9325
BMW Avtomobilsozlik BMW 2.6345
Commerzbank Bank ishi CBK 1.1907
Continental AG Avtomobilsozlik CON 2.2923
Daimler AG Avtomobilsozlik DAI 6.7480
Deutsche Bank Bank ishi DBK 2.9358
Deutsche Börse Birja bitimlari DB1 1.7484
Deutsche Lufthansa Havoyoʻllari LHA 1.3356
Deutsche Post Logistika DPW 3.5570
Deutsche Telekom Telekommunikatsiya DTE 4.6638
E.ON Energetika EOAN 1.9397
Fresenius Medical Care Sogʻliqni saqlash FME 1.7644
Fresenius Sogʻliqni saqlash FRE 2.5073
HeidelbergCement Qurilish HEI 1.2680
Henkel Isteʼmol tovarlari HEN3 1.8607
Infineon Technologies Yarimoʻtkazgichlar IFX 2.4453
Linde Gaz sanoati LIN 3.2388
Merck Farmatseftika MRK 1.1156
Munich Re Sugʻurta MUV2 2.7216
ProSiebenSat.1 Media Mediabiznes PSM 0.6338
40x40пкс RWE Energetika RWE 0.8230
SAP Dssturiy taʼminot SAP 8.9800
Siemens Mashinasozlik SIE 8.9866
ThyssenKrupp Mashinasozlik TKA 0.9738
Volkswagen Group Avtomobilsozlik VOW3 2.9521
Vonovia Koʻchmas mulk VNA 1.7724

2017-yil 29-dekabr holati boʻyicha.

  1. „Looking back on 30 years of DAX“. dw.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  2. „DAX Stock Index“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  3. „Pulse Online: DAX Index Grows to 40 Constituents – Looking at Impact on Market Cap and Liquidity“. xetra.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  4. „DAX“. memim.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  5. „DAX – benchmark and barometer for the German economy“. deutsche-boerse.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  6. „DAX Technical Analysis“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  7. „DAX with 40 constituents and additional criteria“. boerse-frankfurt.de. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  8. „New DAX index rules to strengthen qualification criteria, adopt international standards“. qontigo.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.