Kontent qismiga oʻtish

Da'vo asosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daʼvo asosi— shaxs oʻzining buzilgan huquqlari va qonun bn qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga ariza, daʼvo ariza yoki shikoyat tartibida murojaat qilishi mumkin. Ushbu xolatda shaxs Oʻzining daʼvo predmeti boʻyicha talablarini asoslovchi dalillarni ariza, daʼvo ariza yoki shikoyatda koʻrsatishi daʼvoning asosi hisoblanadi. Demak, Daʼvo asosi deb daʼvo talabini tasdiqlaydigan dalillarga aytiladi. OʻzR FPK 149-m.sining 4-va 6-bandlarida aytilganidek, daʼvogar arizasida talabi qanday xolatlarga asoslangan ekanligini va bu xollarning mavjudligini tasdiqlaydigan dalillarni koʻrsatishi lozim[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi