Kontent qismiga oʻtish

Dabba al-arz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulton Ahmad I uchun turk tilda yozilgan Falnoma kitobidan „Yer hayvoni“ (Dābba)ning tasviri. Topkapi muzeyi, Istanbul.

Yer hayvoni (arabcha: دَابَّة الأَرْض Dabbat al-ard), „Dabba“ deb ham ataladigan maxluqot Qur’onning Naml surasi: 82- oyatida zikr etilgan va qiyomat kuning aʼlomatlaridan biri deb bilinadi. Esxatologik yozuvlarda quyoshning gʻarbdan chiqishi hodisasidan soʻng yuz beradigan qiyomat belgisi sifatida „Dabba“ tez-tez tilga olinadi. Qur’onda „Dabbaning“ tabiati haqida batafsil maʼlumot berilmagan, ammo turli talqinlarda uni Yangi Ahdning Vahiy kitobida keltirilgan Yer hayvoni yoki turkiy mifologiyadagi yirtqich hayvonlar bilan bogʻlashgan. Shuningdek, bir necha hadislarda aytilishicha, „yer hayvoni“, yaʼni „Dabba“ odamlarning peshonasi va burniga „Muslim yoki Kafir“ belgisini qoʻyadi, peshonaga belgi qoʻyilsa moʻmin va burunga belgi qoʻyilsa Kofirligini bildiradi.

Qur’on va Hadislarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naml surasida bu hayvon haqida zikr qilinadi[1]. Hadislarda Dabba al-arz haqida batafsil maʼlumot berilgan. Aytishlaricha, u Sulaymon uzugi va Musoning aʼsosini oʻzi bilan olib yuradi[2][3]. Baʼzilar, Safo tepaliklaridan chiqadi, deb taʼkidlanadilar[3]. U turli xil hayvonlar kombinatsiyasi sifatida ham tasvirlangan[3].

Islomning ilk davrlarida Dabbaga taʼriflar juda kam boʻlgan. Faqat keyinchalik Dabbaning turli talqinlari paydo boʻldi[3]. Uning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, u moʻminlarni kofirlardan ajratish uchun muhr bosadi[3], Muqaddas kitobdagi hayvonga oʻxshash, lekin aynan u emas.

Oʻrta asrlar sunniy ilohiyotchisi Faxriddin ar-Roziyning soʻzlariga koʻra, Islom paygʻambari Muhammadga nisbat berilgan hadislarda bu jonzotning tabiati haqida hech narsa aytilmagan, ammo bu haqda uning sahobalari davrida tarqalgan rivoyatlarida maʼlumotlar berilgan. Vahb ibn Munabbih bunday „hayvon“ Sadom ahli bilan safarida yer ostidan gaplashganini taʼkidlagan[4].

  1. Andoza:Cite quran
  2. „Tafsir Ibn Kathir, Surah 27“. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 YAMAN, Bahattin. „OSMANLI RESİM SANATINDA DÂBBETÜ’L-ARZ.“ Süleyman Demirel Üniversitesi İlahiyat Fakültesi Dergisi 29 (2013): 41-57.
  4. Hasbi. „Dabbetülarz (1)“. www.suleyman-ates.com. Qaraldi: 2018-yil 30-iyun.