Kontent qismiga oʻtish

Dafniyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dafniyalar
Daphnia pulex
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Dafniyalar, suv burgalari (Daphnia) — bargoyoklilar (baʼzi manbalarga binoan shoxdormoʻylovlilar) turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasining uz. 1–3 mm. Tanasi orqa va yon tomonidan shaffof ikki tabaqali chigʻanoq bilan qoplangan, bo-shining old tomoni oʻrdakning tumshugʻiga oʻxshab ketadi. Boshida ikkitadan yirik fasetkasi va oddiy koʻzi bor. Anennulalari mayda, kuchsiz. Antennalari ikki shoxli boʻlib, asosiy harakat organi hisoblanadi. D. ob-havo qulay sharoitda partenogenez xususiyatiga ega. Bir necha oʻn turi qutbdan tashqari hamma yerda uchraydi. D. chuchuk suv havzalarida baliqlarning asosiy ozigʻi, ayrim parazit chuvalchanglar uchun esa oraliq xoʻjayin hisoblanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil