Kontent qismiga oʻtish

Dahliz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dahlizmeʼmorlikda turar joy va mehmonxonalarga tutash qurilgan qoʻshimcha xona. Asosan, 3,5 mʼli, bolor (toʻsin)li kichik xona boʻlib, koʻpincha, bir xona yoniga yoki ikki xona oʻrtasiga quriladi, shu xonalarga dahliz orqali kiriladi. Uch, toʻrt xonani bogʻlovchi, ikki yonida va kirish eshigining qarshi tomonida ichki eshiklarga ega boʻlgan dahlizlar uchraydi. Dahlizlarda poyabzal, ustki kiyimlar yechib qoʻyiladi. Dahliz ichki xonalarga sovuq yoki issiq havo kirishiga ham maʼlum darajada toʻsqinlik qiladi. Dahliz sharq mamlakatlarida keng tarqalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil