Kontent qismiga oʻtish

Dahmayi shohon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dahmayi shohon
Muallif(lar) Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy
Til fors

Dahmayi shohon – tarixiy-adabiy asar. Asar masnaviyda bitilgan. Muallifi Buxoro amirlari Amir Muzaffar va Amir Abdulahadxon davrida saroyda munshiylik qilgan Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniydir[1]. Asar 1902-yilda yozib tugallangan[2]. Tarixchi olim Halim Toʻrayev fikriga koʻra, asar Mirzo Sodiq Munshiyning shu nomdagi asariga ilova sifatida yozilgan. Asarning uchdan bir qismi Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniyga tegishlidir[1]. Mirzo Sodiq Munshiy ashtarxoniy hukmdorlar davri tarixini yozgan. Mirzo Somiy esa mangʻit amirlari davri tarixini yozgan. Asar masnaviyda yozilgan[3]. Dahmayi Shohon asarining nuxsalari koʻp boʻlib, bir qoʻyozma nusxasi Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi Hujjatlar fondida saqlanadi. Asarda Mirzo Somiy mangʻit amirlari faoliyatiga turlicha baho bergan. Jumladan, Muhammad Rahimxon, amir Nasrullo kabi hukmdorlarga nisbatdan salbiy, Amir Shohmurod, Amir Haydar va Amir Muzaffarxonlar haqida ijobiy fikrlar bergan. U asarida Amir Shohmurodni Tus va Xurosonda aholini qirib tashlaganligini, Mavrga hujum qilib toʻgʻonni buzib tashlagani, qizilboshlilar ustiga yurish qilgani haqida yozadi. Asarda Amir Shohmurodning darveshona hayoti haqida maʼlumotlar ham mavjud. Mirzo Somiy Amir Haydarni esa ilm fan homiysi sifatida tasvirlaydi. Asarning katta qismi Amir Muzaffarxon davriga bagʻishlangan. Asarda Amir Muzafarxoning salbiy tomonlari ham tasvirlangan. Mirzo Somiy Amir Muzaffaroxonni maqtanchoq va magʻrur sifatida tasvirlagan. U bundan tashqari Amir Muzaffarxonni Buxoro amirligi Rossiya tomonidan bosib olingach, davlat ishlari bilan shugʻullanmaganligini, koʻp bazmlar oʻtkazganligini yozib oʻtgan[3].

  1. 1,0 1,1 Тўраев 2023, s. 131.
  2. Тoʻrayev 2020, s. 212.
  3. 3,0 3,1 Тўраев 2023, s. 132.
  • Toʻrayev H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204-bet.