Daibosatsu togʻi
Daibosatsu togʻi - Chichibu-Tama-Kai milliy bogʻining Yamanashi tomonida joylashgan. Choʻqqining oʻzi Yamanashida, Koshu provinsiyasida bo'lib, uning balandligi 2,057 metr (6,749 ft) ga teng. Daibosatsu dovoni Koshu provinsiyasini Kosuge qishlogʻidan ajratib turadi. Yoʻllar Koshu, Tabayama va Kosugedan yuqorilab boriladi[1].
Daibosatsu — Yaponiyaning 100 ta mashhur togʻlaridan biri hisoblanadi[2][3].
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Togʻ dastlab Edo davridagi Ome Kaidoning bir qismini egallagan, Kai provinsiyasidan ohak tashish uchun shu togʻ konlaridan foydalanilgan[4]. Takugava Daibosatsu togʻi yaqinida Taba-shuku obidasini qurdirgan. Daibosatsu togʻida ikkita mashhur dovon bor, ular mos ravishda Daibosatsu-toge va Yanagisava-toge deb ham atalgan. Daibosatsu-toge dovoni Ome Kaido sifatida ishlatilgan, u Meidzi davrida Yanagisava-toge dovoni transport harakati uchun ochiq boʻlgunga qadar Koshu yoʻli Kaidoga eltadigan eng qulay yoʻl boʻlgan.
Kirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daibosatsu togʻiga boradigan yoʻlning boshlanishi Hashidate-shita avtobus bekati yaqinida joylashgan. Bundan tashqari, 20 daqiqalik piyoda yurib, Kosuge-no-Yu avtobus bekatidan asosiy yoʻl boshlanishigacha borish mumkin. Sayoxatchilarning avtobus bekatlari Nishi Tokio avtobusi tomonidan Okutama stantsiyasidan boʻylab harakatlanadi, bir vaqtning oʻzida Kosuge shahar avtobusi va Fujikyu avtobusi Otsuki stansiyasidan yoki Uenohara stantsiyasidan sayohatga boruvchilarni olib ketadi.
Bundan tashqari, Chōbē lojasi (yaponcha : ロッヂ長兵衛) togʻ choʻqqisiga yaqin hududda joylashgan va Kamihikava avtobus bekati yaqinida joylashgan. Avtobus bekati Kai-Yamato stansiyasidan Eiva Transportation kompaniyasi tomonidan boshqariladi.
Bundan tashqari, Koshu, Yamanashi shahrida joylashgan Daibosatsu-Tōge Tozanguchi avtobus bekati ham mavjud. Avtobus bekati Koshu shahar avtobusi bilan Enzan stantsiyadan yoʻlga chiqadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Trekking Course Guide“. Kosuge Village. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Hiking in Japan“. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
- ↑ „大菩薩観光協会 山梨県 甲州市 塩山 日本百名山“. daibosatsukankokyoukai.net. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
- ↑ About Ome Kaido