Kontent qismiga oʻtish

Daisetsuzan vulqon guruhi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Taisetsu vulqon guruhi

Daisetsuzan Vulqonlar guruhi (yaponcha: 大雪山系 Daisetsu-sankei?, shuningdek Taisetsu-zan deb ham nomlanadi) Yaponiyaning Xokkaydo shahridagi keng Ohachi-Daira (yaponcha: 御鉢平 Ohachi-daira?) kalderasidan 2 kilometr (1.2 mi) uzoqlikda joylashgan Vulqonlar guruhi hisoblanadi. Uning nomi ainu tilida Nutapukaushipe („daryo ustidagi togʻ“ degan maʼnoni anglatadi) deb nomlanadi, shuningdek, mazkur vulqonlar guruhi Nutaku Kamushupe yoki Optateske nomi bilan ham tanilgan[1]. Bu choʻqqilar Xokkaydodagi eng baland choʻqqilar hisoblanadi. Guruh oʻz nomini vulqon guruhi joylashgan hudud Daisetsuzan milliy bogʻiga ham bergan. Daisetsuzan vulqon guruhi tarkibida 20 ga yaqin faol harakatdagi statovulqonlar joy olgan. Ulardan eng balandi Asahi togʻi boʻlib, uning balangligi 2290 metr (7.510ft) ga teng boʻlgan statovulqondir. Shuningdek guruhda Hakuun togʻi (2.230 metr (7.216.3 ft)) va Hokuchin togʻi (2.244 metr (7.362 ft)) singari baland lava gumbazlari ham joy olgan.

Daisetsuzan vulqon guruhi Daisetsu-Tokachi grabenining shimoliy chekkasida[1] Olov halqasining Kuril yoyida joylashgan. Vulqon zonasi oʻzini bir qator fumarollar va tabiiy issiq buloqlar bilan ham juda mashhur. Daisetsuzan vulqon guruhi tarkibida faol va nofaol vulqonlar, stratovulqonlar, kalderalar hamda lava gumbazlari boʻlgan choʻqqilar joy olgan. Ularning orasida eng past choʻqqisidan biri bu 1.938 metrlik (6.235 ft) lava gumbazi Keigetsu togʻi hisoblanadi. Daisetsuzan vulqon guruhi harakati favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida Yaponiya vulqonlarni tadqiq qilish markazi tomonidan nazoratga olingan.

Togʻlarning balandligi boʻyicha roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi choʻqqilar Daisetsuzan vulqon guruhini tashkil qiladi:

Nomi Balandligi Turi
Asahidake togʻi (yaponcha: 旭岳 Asahi-dake?) 2,290 metr (7,510 ft) stratovulqon
Mount Hokuchin (yaponcha: 北鎮岳 Hokuchin-dake?) 2,244 metr (7,362 ft) lava gumbazi
Xakuun Hakuun togʻi (yaponcha: 白雲岳 Hakuun-dake?) 2,230.0 metr (7,316.3 ft) lava gumbazi
Kuma togʻi (yaponcha: 熊ヶ岳 Kuma-ga-dake?) 2,210 metr (7,250 ft) stratovulqon
Pippu Pippu togʻi (yaponcha: 比布岳 Pippu-dake?) 2,197 metr (7,208 ft) vulqon
Mount Mamiya (yaponcha: 間宮岳 Mamiya-dake?) 2,185 metr (7,169 ft) kaldera cheti
Koizumi togʻi (yaponcha: 小泉岳 Koizumi-dake?) 2,158 metr (7,080 ft) stratovulqon
Hokkai togʻi (yaponcha: 北海岳 Hokkai-dake?) 2,149 metr (7,051 ft) kaldera cheti
Nokogiri togʻi (Hokkaidō) (yaponcha: 鋸岳 Nokogiri-dake?) 2,142 metr (7,028 ft) vulqon
Mount Matsuda (yaponcha: 松田岳 Matsuda-dake?) 2,136 metr (7,008 ft) kaldera cheti
Ryōun togʻi (yaponcha: 凌雲岳 Ryōun-dake?) 2,125 metr (6,972 ft) lava gumbazi
Naka togʻi (yaponcha: 中岳 Naka-dake?) 2,113 metr (6,932 ft) kaldera cheti
Aibetsu togʻi (yaponcha: 愛別岳 Aibetsu-dake?) 2,112.7 metr (6,931 ft) vulqon
Aka togʻi (yaponcha: 赤岳 Aka-dake?) 2,078.5 metr (6,819 ft) stratovulqon
Eboshi togʻi (yaponcha: 烏帽子岳 Eboshi-dake?) 2,072 metr (6,798 ft) stratovolqon
Goshiki togʻi (yaponcha: 五色岳 Goshiki-dake?) 2,038 metr (6,686 ft) -
Midori togʻi (yaponcha: 緑岳 Midori-dake?) 2,019.9 metr (6,627 ft) -
Kuro togʻi (yaponcha: 黒岳 Kuro-dake?) 1,984.3 metr (6,510 ft) lava gumbazi
Nagayama togʻi (yaponcha: 永山岳 Nagayama-dake?) 1,978 metr (6,490 ft) stratovolqon
Keigetsu togʻi (yaponcha: 桂月岳 Keigetsu-dake?) 1,938 metr (6,358 ft) lava gumbazi
  • Yaponiyaning 100 ta tovush manzarasi
  • Yaponiyada turizm
  • Yaponiyadagi vulqonlar roʻyxati
  1. 1,0 1,1 „Global Volcanism Program - Daisetsu“. Smithsonian National Museum of Natural History. 2009-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.