Kontent qismiga oʻtish

Daler Kuzyayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daler Kuzyayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daler Adyamovich Kuzyayev
Tavallud sanasi 15-yanvar 1993-yil (1993-01-15) (31 yosh)
Tavallud joyi Naberezhnye Chelny, Rossiya
Boʻyi 1.82 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zenit Saint Petersburg
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2004 Gazovik Orenburg
2004-2007 Kolomyagi Saint Petersburg
2007-2012 Zenit Saint Petersburg

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 11-oktyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kuzyayev 2017-yilda „Zenit“ safida.

U 2012-yilning 23-iyulida Kostromaning „Spartak“ klubiga qarshi oʻyinda „Kareliya Petrozavodsk“ jamoasi safida Rossiya Ikkinchi Divizionida debyut qilgan[2].

U Rossiya Premer-ligasida 2014-yilning 15-mayida "Terek Grozniy " tarkibida „Rubin“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan[3].

2017-yilning 14-iyunida u Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2017-yilning 16-iyulida „Zenit“dagi debyutida u oʻzining professional faoliyatidagi ilk golini kiritgan va „SKA-Xabarovsk“ FCga qarshi oʻyinda zaxiradan oʻyinga tushganidan 7 daqiqa oʻtib hisobni ochgan. 

Uning shartnomasi 2019/20-yilgi mavsum oxirida yakuniga yetgan va u erkin agentga aylangan. 2020-yilgi Rossiya Superkubogi va 2020-21-yilgi Rossiya Premer-ligasining dastlabki 10 oʻyinini oʻtkazib yuborgach, 2020-yil 6-oktyabrda u „Zenit“ga qaytgan va yangi uch yillik shartnoma imzolagan[4].

Xalqaro karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2017-yilning 7-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan[5]. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. U guruh bosqichining har bir oʻyinida ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushgan va ikkala pley-off oʻyinida: Ispaniyaning 1/16 bosqichdagi magʻlubiyatga uchratilishi va chorak finalda Xorvatiyaga magʻlub boʻlingan oʻyinlarida ishtirok etgan. 

U terma jamoadagi ilk golini 2019-yil 19-noyabrda Yevro-2020 saralashida San-Marinoga qarshi oʻyinda kiritgan. 

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibdan joy olgan. U 2021-yil 12-iyun kuni Rossiyaning Belgiyaga qarshi dastlabki oʻyinini asosiy tarkibda boshlagan, biroq 25 daqiqalik oʻyindan soʻng Timoti Kastan bilan toʻqnashib ketgan, natijada almashtirilgan. U 16-iyun kuni Finlandiyaga qarshi ikkinchi oʻyinda jarohatidan tiklanib olgan va 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda toʻliq oʻyin oʻtkazgan. U 21-iyun kuni Daniyaga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan, Rossiya 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va ikkinchi boʻlimning yarmida Kuzyayev almashtirilgan.

Zenit Sankt-Peterburg
  • Rossiya Premer-ligasi : 2018-19[6][7] 2019-20[8] 2020-21[9] 2021-22[10]
  • Rossiya kubogi : 2019-20[11]
  • Rossiya Superkubogi : 2021[12], 2022[13]

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
KLub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Karelia Petrozavodsk 2012-13 PFL 22 0 1 0 - - 23 0
Neftekhimik Nizhnekamsk 2013-14 FNL 15 0 1 0 - - 16 0
Terek Grozny 2013-14 RPL 1 0 0 0 - - 1 0
2014-15 21 0 1 0 - - 22 0
2015-16 21 0 3 0 - - 24 0
2016-17 27 0 1 0 - - 28 0
Jami 70 0 5 0 - - 75 0
Zenit Saint Petersburg 2017-18 RPL 26 6 1 0 9 1 - 36 7
2018-19 18 2 1 0 11 2 - 30 4
2019-20 20 0 4 1 4 0 - 28 1
2020-21 18 3 1 1 6 0 - 25 4
2021-22 22 0 1 0 5 1 1 1 29 2
Jami 104 11 8 2 35 4 1 1 148 18
Karyerada jami 211 11 15 2 35 4 1 1 262 18
Rossiya
Yil Oʻyin Gol
2017 4 0
2018 13 0
2019 4 1
2020 8 1
2021 10 0
Jami 39 2

Xalqaro maydondagi gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Raq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 19.11.2019 San-Marino stadioni, Serravalle, San-Marino  San Marino 1 — 0 5-0 UEFA Yevro-2020 saralashi
2. 15.11.2020 Shukrü Saracogʻlu stadioni, Istanbul, Turkiya  Turkiya 2 — 3 2-3 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta akasi Ruslan Kuzyayev futbolchi, otasi Adyam Kuzyayev murabbiy va sobiq futbolchi. Uning bobosi Kabir Kuzyayev 1960-yillarda "Pomir Dushanbe" klubida Sovet Ittifoqi Birinchi ligasida oʻynagan[14].

  1. „2018 FIFA World Cup: List of players“. FIFA (2018-yil 17-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  2. „Career Summary“. Russian Football Union (4-noyabr 2012-yil). 3-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Match Report“. Russian Premier League (15-may 2014-yil).
  4. „Далер Кузяев продолжит карьеру в "Зените"“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (6-oktabr 2020-yil).
  5. „Расширенный состав для подготовки к Чемпионату мира“ (ru). Russian Football Union (11-may 2018-yil).
  6. „Zenit is the Russian Premier League champion“ (ru). Russian Premier League (4-may 2019-yil).
  7. „20 Zenit players became Russian champions for the first time“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (4-may 2019-yil).
  8. „Zenit crowned 2019/20 RPL champions“. Russian Premier League (5-iyul 2020-yil).
  9. „Sensational Zenit storm to the title with utterly dominant thrashing“. Russian Premier League (2-may 2021-yil).
  10. „«Зенит» – восьмикратный чемпион Тинькофф РПЛ!“ (ru). Russian Premier League (30-aprel 2022-yil).
  11. „Late Dzyuba penalty seals Russian Cup for Zenit“. Russian Premier League (25-iyul 2020-yil).
  12. „Zenit canter to second consecutive Super Cup win over error-strewn Lokomotiv“. Russian Premier League (17-iyul 2021-yil).
  13. „«Зенит» обыграл «Спартак» в Петербурге и завоевал третий OLIMPBET Суперкубок подряд“ (ru). Russian Premier League (9-iyul 2022-yil).
  14. Verth. „Daler Kuzyaev – From Academy Reject to Star in the Making“ (12-oktabr 2017-yil). 2020-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.