Dalia Itzik
Dalia Itzik | |
---|---|
Itzik (2014-yil) | |
Isroil Mehnat partiyasi | |
Mansab davri 1992 – 1999-yillar | |
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi | |
Mansab davri 1999 – 2001-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-oktyabr 1952-yil Isroil,Quddus |
Siyosiy partiyasi | Isroil Mehnat partiyasi |
Dalia Itzik (1952-yil 20-oktyabr, Quddus) – Isroil davlati sobiq siyosatchisi va jamoat arbobi, 2006-2009-yillarda Knesset raisi boʻlib faoliyat olib borgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalia Itzik 1952-yil 20-oktyabrda Quddusda iroqlik muhojir Gershon va Marsela Balaslar oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Isroilga koʻchib kelgan iroqlik yahudiylar boʻlgan. Uning oilasi kambagʻal, otasi esa ichkilikga rujuv qoʻygan edi. U diniy litseyda oʻqigan va keyinchalik oʻzini dindor deb eʼlon qilib, Isroil Mudofaa Kuchlariga chaqirilishdan qochgan. Dalia Itzik Quddusdagi ibroniy universitetini tamomlagan. U adabiyot hamda tarixga qiziqqan. Bundan tashqari, u Gerzliyadagi fanlararo markazda huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Itzik oʻqituvchi boʻlib ishlagan, ushbu faoliyati davomida Quddusdagi oʻqituvchilar kasaba uyushmasi raisi lavozimini ham egallagan. Qolaversa, u radioeshittirish departamenti direktorlar kengashi aʼzosi edi. Shu bilan birga, Dalia Avodah partiyasiga qoʻshilgan va Quddus shaharchasiga maʼsul etib saylangan.
Dalia Itzik Isroil elektr korporatsiyasi xodimi Denni bilan turmush qurgan. Ularning Ran, Uri va Adi ismli uchta farzandlik boʻlishgan. Hozir ular Quddusning Ramat Sharet mahallasida yashaydilar[2].
Parlamentdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilgi saylovlardan soʻng, Dalia Itzik parlamentning taʼlim va madaniyat boʻyicha komissiya raisi lavozimini egallagan. XIV Knessetda parlamentning Fan va texnologiyalar boʻyicha qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1999-yilda Dalia Itzik Ehud Barak hukumatida atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2001-yilgi saylovlardan soʻng, Itzik Ariel Sharonning birinchi hukumatida Savdo va sanoat vaziri boʻlgan. 2003-yilda keyingi saylovlardan soʻng, leyboristlar koalitsiyasiga kirmagan, lekin XVI Knessetdagi muxolifat ishini muvofiqlashtiruvchi partiya fraksiyasi raisi etib tayinlangan. 2005-yilda Avodah koalitsiyasiga qoʻshilgan va Itzik Aloqa vaziri lavozimini egallagan. 2005-yil 28-noyabrda Mehnat partiyasidan isteʼfoga chiqqanini eʼlon qilgan va Shimon Peres va Xaim Ramondan keyin, Kadimaga qoʻshilgan.
Knesset raisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Itzik 1992-yilda XIII Knessetga saylanishidan oldin Quddus merining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Dalia Itzik 2006-yilgi saylovlarda Kadima roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan. Saylovda gʻalaba qozonganidan soʻng, Knessetning birinchi yigʻilishida Itzik Knesset raisi etib saylangan. Dalia Itzik bu lavozimni egallagan birinchi ayol sifatida tarix zarvaraqlariga muxrlandi. Hukumatning yuridik maslahatchisi Meni Mazouz mamlakat prezidenti Moshe Katsav oʻz vazifalarini bajara olmasligini eʼlon qilganidan soʻng (politsiya tomonidan jinsiy janjal boʻyicha tergov olib borilganligi sababli), u qonunga muvofiq Isroilning muvaqqat prezidenti hisoblangan. 2007-yil 1-iyulda Moshe Katsavning isteʼfoga chiqishi haqidagi ariza kuchga kirgan va Dalia Itzik Shimon Peresning rasmiy qasamyod qilgan kundan boshlab, 15-iyulgacha Isroil prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs boʻlgan. Partiya roʻyxatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgach, Itzik 2009-yilgi saylovlarda oʻz oʻrnini saqlab qolgan va keyinchalik, partiya raisi boʻlgan.
Itzik 2014-yilgi Isroildagi prezidentlik saylovlarida qatnashib, 28 ta saylovchilarning ovoz bilan uchinchi oʻrinni egallagan.
1988-yildagi avtohalokat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yil 26-oktyabrda Dalia Itzikning mashinasi yoʻl-transport hodisasiga uchragan. Avtohalokatda Likud Knesset aʼzosi Maykl Rayzerning mashinasi bilan toʻqnashgan. Natijada, Riser vafot etgan, Itzik esa ogʻir jarohat olgan. Dalia Itzik oʻsha mudxish voqeadan soʻng mashina hayday olmaydi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dalia Itzik becomes acting president The Jerusalem Post, 25 January 2007
- ↑ Naama Lanski.. „The Quality of Dalia“ (2007-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-yanvar.
- ↑ „חדשות NRG — כוח איציק“. 2005-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.