Kontent qismiga oʻtish

Dalvarzintepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dalvarzintepa — soʻnggi jez davriga mansub qishloq harobasi (mil. av. 108-asrlar). Chust madaniyatinit eng yirik yodgorligi. Andijon viloyatining Oyim qishlogʻi yaqinidan topilgan. Dalvarzintepaning 6000 m2ga yaqin qismi ochilgan (1966). 2,5 m dan 3,5 m gacha madaniy qatlam 3 qurilish qavatiga boʻlinadi. Har bir qavatidan uy-joy qoldiklari, jez quyish ustaxonalari, gʻalla oʻralari, mehnat qurollari topilgan. Biroq uylar kam ochilgan vayetarli oʻrganilmagan. Madaniy qatlamda tashlandiq uy-joylar oʻrnida yon tomoni bilan gʻujanak holda yotgan bir qancha murdalar, koʻp miqdorda alohida suyaklar topildi. Bular D.da yashagan kishilar antropologik jihatdan yevropeoid irqqa mansub boʻlganligini koʻrsatadi. Aholining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik va chorvachilik boʻlgan. Donni qayta ishlash uchun yorgʻuchoqdan foydalanilgan. Topilgan hayvon suyaklari aholi uy hayvonlarining barcha turini parvarish qilganligini koʻrsatadi. D.da jez quyish ishi ancha rivojlangan. Jezdan qilingan oʻroq, iskana, bigiz, igna, nayza, oʻqning uch qismi va zeb-ziynat buyumlari uchraydi. D.dan topilgan temir pichoq va temir parchalar qad. Fargʻona aholisi metall bilan ancha erta tanish boʻlganligini koʻrsatadi. Topilmalar orasida toʻqimachilikning ancha taraqqiy etganligidan darak beruvchi materiallar (jez igna, bigiz, urchuq va b.) bor.

1972 yili Darvarzin shaharchasida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari mobaynida eramizning I asriga tegishli dalvarzin tumanining tarixdagi eng yirik — 36 kg.ga yaqin oltin buyumlar qazilmasi topilgan. Dalvarzin xazinasi o‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra mashhur hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan amudaryo xazinasidan qolishmaydi. kushoniylarning qimmatbaho buyumlari butun Markaziy Osiyo chegarasida ilk bor topilganligi bilan birga, arxeologik qatlamiga ko‘ra juda nafis hamdir.

Qazilma vaqtida, shunnigdek, fil suyagidan yasalgan ko‘plab buyumlar ham topilgan, xususan, eng qadimiy shaxmat donachalari (eramizning I-II asrlariga tegishli), ishlov berilgan toshdan yasalgan buyumlar, mis tangalar, qimmatbaho toshlardan terilgan munchoq, hamda yunon-baqtriya davriga tegishli ingichka shisha.

Topilmalar ichida musiqachilar haykalchalari katta qiziqish uyg‘otadi, zero shu davrlarda yashab o‘tgan odamlarning musiqaga bo‘lgan qiziqishining namunasidir. U vaqtlarning musiqiy asboblari orasida kalta udni uchratish mumkin. Musiqachilarning (o‘tirish) holatidan ellinik Yunoniston an’analari sezilib turadi. Musiqachining qizg‘ish-jigar rang asbobi baqtriya arfasini, O‘rta Sharqda juda hurmatga sazovor bo‘lgan “osmon musiqasini” yodga soladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • „Dalvarzintepa xazinasi“ [1]



  1. „Dalvarzintepa xazinasi“. 2014-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.