Kontent qismiga oʻtish

Dam olish kunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dam olish kunlari - har haftalik uzluksiz dam olish kunlari. Oʻzbekiston Respublikasida barcha xodimlarga 5 kunlik ish haftasida haftada 2 dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa, 1 dam olish kuni beriladi (OʻzR Mehnat kodeksi, 129-modda). Umumiy dam olish kuni yakshanbadir. D.o.k.da ishlatish taqiklanadi. Ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ayrim xodimlarni D.o.k. ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Ayrim toifa xodimlarga dam olish kuni berish uchun alohida qoidalar belgilangan. Qonun boʻyicha nogironlarni, homilador ayollarni va 14 yoshga toʻlmagan (16 yoshga toʻlmagan nogiron) bolasi bor ayollarni, shuningdek, voyaga yetmagan yoshlarni D.o.k. ishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Dam olish kunini boshqa kunga koʻchirish yoki ish kuni deb eʼlon qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil