Damodar
Qiyofa
Damodar — Hindistondagi daryo. Uzunligi 580 km, havzasining mayd. 20 ming km2dan ortiq. Chxota-Nagpur platosidan boshlanib, Hindgang tekisligining sharqiy qismidan oqadi, Gang daryosi deltasida uning tarmogʻi — Xugli daryosiga quyiladi. Yoz va kuz oylarida toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 330 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. D. havzasida GES, suv omborlari, sugʻorish kanallari qurilgan. D. vodiysi Hindistonning muhim industriyalashgan (issiqlik elektr st-yalari, koʻmir qazib olish, metallurgiya, mashinasozlik) rayonlaridan biri.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |