Kontent qismiga oʻtish

Daniel Vávra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dan Vávradan yoʻnaltirildi)
Daniel Vávra

Vávra (2020-yil)
Tavalludi 2-sentyabr 1975-yil (1975-09-02) (49 yosh)[1]
Fuqaroligi Chexiya
Kasbi Video oʻyin yozuvchisi, video oʻyin direktori, video oʻyin dizayneri

Daniel Vávra (1975-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) chexiyalik video oʻyin yozuvchisi, direktor, dizayneri hamda Warhorse Studios kompaniyasi asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning eng mashhur ishlari qatorida Mafia (2002), Mafia II (2010) va Kingdom Come: Deliverance (2018) video oʻyinlari kiradi.

Vávra oʻz faoliyatini Mafia oʻyini yozuvchisi boʻlishidan oldin 1998-yilda Illusion Softworks kompaniyasining Hidden & Dangerous oʻyinida grafik dizayner lavozimida boshlagan. 2000-yillardagi bir nechta loyihalardan soʻng, 2008-yilda studiyani 2k Games sotib olgan va 2K Czech nomiga oʻzgartirgan. Studiya savdodan oldin Mafia II oʻyini ustida ishlayotgandi. Vávra 2K Games nazorati ostidagi yangilangan studiya bilan kelishmovchiliklarga duch keldi va 2009-yil boshida, oʻyinning chiqarilishidan oldin studiyani tark etgan[2].

Ketganidan keyin Vávra 2011-yilda Martin Klíma bilan hammkorlikda Warhorse Studios kompaniyasiga asos soldi, hamda 2018-yilda role-playga asoslangan Kingdom Come: Deliverance oʻyinini ishlab chiqishdi. Warhorse Studios 2019-yilda 33,2 million yevro evaziga Koch Media kompaniyasiga sotilgan va Vávra unda ijodiy direktor lavozimida qolgan[3].

Daniel Vávra oilasi bilan Pragaga koʻchishidan oldin Rychnov nad Kněžnou qishlogʻida tugʻilgan[4][5][1][6]. Uning avlolaridan ayrimlari yahudiy boʻlishgan[7]. Vávra bolaligidan kompyuterda ishlashga, komiks chizishga va rasmga olishga qiziqqan[8]. U Turnovdagi School of Applied Artsda tahsil olgan va TIPA reklama kompaniyasida grafik dizayner sifatida faoliyatini boshlagan. U Level nomli Chexiya oʻyin jurnaliga bir qancha maqolalar yozgan va paintball oʻyinining oʻyinchisi boʻlgan[8][8][9]. Shuningdek, u Broncs guruhi aʼzosi va Hellboy psevdonimi bilan mashhur faol demoscener sanaladi[10].

Illusion Softworks

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda Vávra Illusion Softworks kompaniyasiga 2D artist sifatida qabul qilingan. Uning ilk loyihasi baʼzi teksturasini yaratgan Hidden & Dangerous shuteri boʻlgan. Uning navbatdagi loyihasi oʻzi yozuvchi, bosh dizayner va direktor boʻlgan Mafia (video oʻyin)|Mafia: The City of Lost Heaven]] boʻlib, omma tomonidan yaxshi qabul qilingan. Keyinchalik u Illusion Softworksning Praga fillialida asosiy shaxslardan biriga aylangan va 2004-yilda chiqarilgan Wings of War oʻyini ustida ham ishlagan[11][12][13] Around 2005,[14]. 2005-yillar atrofida u boshqa loyiha, uchinchi shaxs pozitsiyasidagi shuter oʻyini Hi-Tech oʻyini ustida ishlagan, lekin oʻyin bekor qilingan.

2K Gamesning egaligi va kompaniyadan ketish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda 2K Games Illusion Softworksni sotib olganini eʼlon qildi va studiyani 2K Czech nomiga oʻzgartirdi[15]. Vávra egalik oʻzgarishidan oldin Mafia II ustida yozgan va studiya bu oʻyin ustida ishlayotgan edi, oʻyin 2010-yilda chiqarilgan. Oʻsha paytda Vávra hech narsa aytmagan boʻlsa-da, keyinchalik u isloh qilingan studiya sharoitida ishlashda juda qiynalganini taʼkidladi[16]. U buning asosiy sababi sifatida yirik studiyalarning tashkiliy tizimi bilan Illusion Softworks tomonidan ilgari qoʻllanilgan kichikroq tuzilma oʻrtasidagi farqlarni koʻrsatib oʻtgan. Vávra shundan buyon yirik nashriyotlar va ularning tashkiliy tuzilishi, ayniqsa jamoaviy qaror qabul qilish jarayoni oʻyin sanoatiga jiddiy zarar yetkazayotgani haqidagi tashvishlarini bildirgan[17] . U kelajakdagi Mafiya III oʻyini uchun toʻliq ssenariy ham taqdim etgan edi, biroq yuqori lavozimdagi rahbarlar uni rad etishgan.

Vávra 2009-yilda studiyani tark etgan. Bunga yuqori lavozimli rahbarlarning uning Mafia III ssenariyini rad etishi va Mafia II oʻyinidagi vazifalarning qisqartirilishi sabab boʻlgan[18][19]. Vávra ketganidan soʻng, Mafia II ning oxiri Vávraning asl ssenariysidagiidan oʻzgartirildi. Vávra bu oʻzgarishning sababini bilmasligini va hikoyaning yangi koʻrinishi mantiqqa toʻgʻri kelmasligini taʼkidlagan[20]. Studiyadagi boshqa bir qancha asl ishchilar Mafia II chiqarilishi paytida yoki undan koʻp oʻtmay ketishgan[21].

Warhorse Studios

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Vávra Warhorse Studiosga asos soldi va role-playga asoslangan hamda Cry Engine 3 orqali ishlaydigan Kingdom Come: Deliverance oʻyinini yozgan[22] .

Video oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Obchodní rejstřík na justice.cz, IČ 24155489, Warhorse Studios s.r.o. (formerly Prague Game Studios s.r.o.), Czech
  2. „An interview with Daniel Vavra: GamerGate and the gaming industry“. TechRaptor (2019-yil 20-may). Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  3. „THQ Nordic acquires Warhorse Studios in a €33.2m cash deal“. GamesIndustry.biz (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  4. „Daniel Vávra (Person)“. Giant Bomb. Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
  5. „Jay Diesel v rozhovoru pro HipHopStage nabízí nejen slíbenej new mixtape ke stažení!“. HipHopStage. 2014-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-fevral.
  6. „Řecká pomsta českým vývojářům. Dan Vávra polemizuje s Janem A. Novákem“ (cs). Reflex.cz.
  7. „DanielVavra“. Twitter (2018-yil 3-fevral).
  8. 8,0 8,1 8,2 „Bio - Hellboy“. danielvavra.com. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-fevral.
  9. „Military Paintball Community Camping 2010 < Articles - Hellboy“. danielvavra.com. 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-fevral.
  10. „ZINE 13: The Demoscene and modern games“. zine.bitfellas.org. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  11. „Mafia for PC Reviews“. Metacritic. Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
  12. „Na čem pracuje pražská pobočka Illusionu?“ (cs). Games.cz.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 „Daniel Vávra Video Game Credits and Biography - MobyGames“. MobyGames. Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
  14. Vávra ⚔, Daniel „Around 2005 I was working on scifi game set in 2025 starring a female cyborg.“. @DanielVavra (2019-yil 17-may). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  15. „Take-Two Interactive Software, Inc. Acquires Illusion Softworks“. GamesIndustry.biz (2008-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  16. Vavra, Daniel „Daniel Vavra Talks About His Original Script for Mafia III“. YouTube (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  17. r/pcgaming - This shows exactly why Mafia 3 is a downgrade to the series., 9 October 2016, qaraldi: 2020-10-11
  18. Doskocil, Jan. „Daniel Vávra přetáhl pár tvůrců Mafie II“ (cs). Eurogamer.cz (2011-yil 13-may). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  19. „První mise v Mafii 2 měla být ohromná. A pak to tam nebylo, říká Dan Vávra“ (cs). iDNES.cz (2021-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-dekabr.
  20. @danielvavra. „Henry was not the traitor, he was framed by Falcone.“.
  21. Phillips, Tom „Mafia creator founds new studio“. Eurogamer (2011-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  22. „I do care for a next-gen medieval RPG with no fantasy“. Eurogamer.net (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.