Kontent qismiga oʻtish

Plaion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koch Mediadan yoʻnaltirildi)
Plaion
Sobiq nomi Koch Media (1994-2022)
Turi Shoʻba (korxona)
Tarmogʻi OAV
Egasi Embracer Group
Qachon asos solingan 1994 (30 yil avval) (1994)
Joylashuvi Höfen, Avstriya
Asoschi(lari) Franz Koch
Klemens Kundratitz
Rahbariyat Klemet Kundratitz (CEO)
Reinhard Gratl (CFO)
Stefan Kapelari(COO)
Ishchilar soni 1,976
Vebsayti plaion.com

Plaion (oldingi nomi Koch Media) – Avstriyaning Tirol viloyatidagi Höfen shahrida joylashgan bosh qarorgohi va Germaniyaning Planegg shahrida faoliyat yurituvchi shoʻba korxonasi mavjud boʻlgan Germaniya-Avstriya media kompaniyasi. Kompaniyaga 1994-yilda Franz Koch va Klement Kundratitz tomonidan asos solingan. Kompaniya Deep Silver, Prime Matter va Ravenscourt nomli video oʻyinlarni nashr etish tarmoqlarini, Warhorse Studios va Milestone kabi video oʻyin ishlab chiqaruvchi studiyalarni, shuningdek, Plaion Pictures nomli film namoyish qilish boʻlimini boshqaradi. Koch Medianing bosh kompaniyasi Koch Media Holding 2018-yil fevral oyida Shvetsiyaning Embracer Group (Oʻsha paytda THQ Nordic AB nomi bilan tanilgan) kompaniyasi tomonidan sotib olingan.

Sobiq Koch Media logotipi

Koch Media 1994-yilda Franz Koch (Koch International asoschisi]] va uning biznes hamkori Klemens Kubdratitz tomonidan dasturiey taʼminot sotish va tarqatish uchun tashkil etilgan[1][2][3]. Koch Media Germaniya va Avstriyada joylashgan ofislardan faoliyat yuritgan, Angliyada esa uning mintaqaviy shoʻba korxonasi – Koch Media Ltd. ochilgan[4]. 1995-yilda Koch Media kompaniyasi 250,000 dan ortiq dasturiy taʼminot litsenziyalarini sotgan va 1996-yildan videooʻyinlar ishlab chiqarishni boshlagan[4]. Kompaniyaning boshqa shoʻba korxonasi Koch Media AG 1998-yilda Shveysariyada ochilgan[4]. Kompaniyaning holdingi Koch Media Holding 2000-yilda Koch Medianing biznes hududlarini umumlashtirish maqsadida yaratilgan[4]. Shu yilning oʻzida Koch Media srl kompaniyaning Italiyadagi mintaqaviy shoʻba korxonasi sifatida faoliyatini boshlagan[4].

2002-yilda Koch Media Deep Silver studiyasini „Koch Media ishlab chiqarayotgan oʻyinlarni toʻldirish“ uchun video oʻyinlar nashriyoti boʻlimi sifatida tashkil etgan[5][6]. Filmlar boʻlimi Koch Home Entertainment yaratilishi haqida 2003-yil iyun oyida eʼlon qilingan va oktyabr oyida rasman tashkil etilgan[7]. Kompaniya 2003-yil noyabr oyida ommaviy bozor oʻyinlari uchun moʻljallangan Fantastic.tv nomli oʻyin studiyasini eʼlon qilgan[8]. 2005-yil oktyabr oyida Koch Media NCsoft bilan Guild Wars oʻyinini ishlab chiqargan fransuz oʻvideooʻyin kompaniyasi SG Diffusionni sotib olgan[9][10]. 2006-yil yanvar oyida SG Diffusion Koch Media SAS nomiga oʻzgartirilgan[11]. 2006-yil fevral oyida Koch Media kompaniyasi Kovh Media Licensing GmbHni yaratishgan[12].

Embracer Group kompaniyasi tarkibida (2018-yildan hozirgi kungacha)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 14-fevralda Koch Media Holding shved video oʻyin ishlab chiqaruvchi kompaniyasi THQ Nordic AB (keyinchalik Embracer Group) nomi bilan tanilgan) tomonidan sotib olingan[13]. Kelishuv shu kunda soat 8:00da imzolangan va shu kunning oʻzida eʼlon qilingan[13][14]. Bitim umumiy qiymati 91,5 million yevroni tashkil etib, quyidagicha taqsimlangan: 66 million yevro naqd pul bitim yopilgan kuni toʻlangan (bu oʻsha kunning oʻzida sodir boʻlishi kutilgan), 9,5 million yevro qiymatidagi aksiyalar 2018-yil 15-iyungacha toʻlanishi kerak boʻlgan va qolgan 16 million yevro naqd pul 2018-yil 14-avgustgacha toʻlanishi lozim boʻlgan. Koch Media aksiyadorlik kapitalining umumiy qiymati naqd pul va qarzlardan xoli holatda 121 million yevroni tashkil etgan.

Koch va Kundratitz kompaniyada mos ravishda 90% va 10% ulushga ega edilar[13]. Ular ikkalasi ham oʻz ulushlarini sotishgan va natijada THQ Nordic AB kompaniyaning yagona egasiga aylangan[13]. Menejer Reinhard Gratlning soʻzlariga koʻra, kelishuv asosan Koch nafaqaga chiqishni xohlagani va uning oilasidan hech kim biznesni egallashdan manfaatdor emasligi sababli sodir boʻlgan[13]. U daromadni Koch Mediaga toʻlashni soʻragan, shundagina kompaniya savdodan foyda koʻrishini xohlagan[13]. Koch aynan oʻsha kuni Koch Media kompaniyasidan isteʼfoga chiqqan[13]. Koch Media boshqaruvi, jumladan bosh ijrochi direktor Kundratitz, bosh moliya direktori Gratl va bosh operatsion direktor Stefan Kapelari THQ Nordic AB tarkibidagi Erik Stenberg studiyasiga qoʻshilishgan[13].

2019-yil 13-fevralda Koch Media Chexiyaning Warhorse Studios kompaniyasini sotib olish haqidagi shartnoma qatnashchisi boʻlgan. Warhorse studiyasining Kingdom Come: Deviverance oʻyini bundan roppa-rosa bir yil oldin Deep Silver bilan hamkorlikda nashr etilgan edi. Koch Media esa studiya va uning intellektual mulkiga egalik qilish uchun Warhorsening 2018-yildagi daromadiga teng boʻlgan 42,8 million yevro toʻlagan[15]. Xarid shu kunning oxirida amalga oshirilgan[16]. Shu kunning oʻzida Koch Media yana Avstraliya nashr hamkori 18point2 studiyasini 1,9 million yevro evaziga Koch Media uchun Avstraliya bozorida mustahkam oʻruin egallash maqsadida sotib olgan[17][18]. Ushbu ikki xarid natijasida Koch Media ishchilar soniga mos ravishda 120 va 8 nafar ishchi qoʻshilgan[19][20].

2019-yil iyun oyida THQ Nordic AB nemis anime filmlar yaratuvchisi KSM GmbH studiyasini bosh ijrochi direktor Benjamin Krausedan sotib olgan[21]. KSM studiyasi Koch Films bilan birlashtirilgan[21]. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish kompaniyasi Gaya Entertainment ham sotib olingan; THQ Nordic AB bosh direktori Lars Vingefors nazoratidagi Nordic Games Group xolding kompaniyasi oʻzining shoʻba korxonasini THQ Nordic ABga 2019-yilning birinchi moliyaviy choragi yakunida 1 yevro evaziga sotib yuborgan[21]. Gaya Entertainment Koch Medianing faoloyati bilan birlashtiriladigan boʻlgan[21]. 2019-yil 14-avgustda Koch Media poyga o'yinlari ishlab chiqaruvchi Milestone srl kompaniyasini toʻliq sotib olishga kelishgan va uning intellektual mulki uchun 44,9 million yevro naqd pul bilan toʻlagan[22][23]. Xarid shu kundan keyin amalga oshirilgan[24].

2020-yil avgust oyida Koch Media bolalar va oilaviy dasturlar namoyish qiluvchi nemis televizion va film litsenziyalovchi Shtutgardning Sola Media studiyasini sotib olgan[25][26]. Oʻsha oyning oxirida Koch Media Janubi-Sharqiy Osiyoda nashriyot faoliyatini kengaytirish uchun Gonkong va Tokioda Kundratitz boshchiligidagi ofislarini ochgan[27].

2020-yil sentyabr oyida Koch Media virtual reallik platformalari uchun FPS Arizona Sunshine va After the Fall kabi oʻyinlar ishlab chiqaradigan, nashr etadigan Vertigo Games studiyasini sotib olgan[28] [29].

2020-yilning noyabr oyida Koch Media Flying Wild Hog studiyasini sotib olgan[30].

2021-yil mart oyida Koch Media Starbreeze Studios bilan 50 million yevrolik hamkorlikda nashr etish shartnomasini imzolagan. Bu shartnoma Payday 3 kooperativ oʻq otish oʻyinini ishlab chiqarish, nashr etish va ishga tushirishdan keyingi qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish uchun amalga oshirilgan[31].

2021-yil iyun oyida Koch Media Myunxen bosh offisidan boshqariladigan Prime Matter nashr etish studiyasini ochdi[32].

Plaion nomiga rebrending qilishini

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 4-avgustda Koch Media oʻz nomini Plaionga rembrending qildi[33]. 2022-yil oktyabr oyida Plaion Pictures Britaniya anime yaratuvchi kompaniyasi Anime Limitedni ochiqlanmagan summaga sotib olgan[34][35][36]. 2023-yil may oyida Gamesindustry.biz Deep Silver, Ravenscourt va Prime Matter nashriyotlarini tarqatib yuborish hamda nashriyot faoliyatini „Plaion“ nomi ostida birlashtirish rejalari haqida maʼlumot oldi[37].

2018-yil fevral holatiga koʻra, Plaion shtab-kvartirasi Avstriyaning Tyrol viloyatida va Germaniyaning Bavariyaga yaqin boʻlgan 1200 ga yaqin aholiga ega Höfen munitsipalitetida joylashgan[13][38].

Studiya Fillial Manzil Tashkil etilgan/Sotib olingan Manba
Deep Silver Dambuster Studios Nottingem 2014-yil iyul [39]
Fishlabs Gamburg 2013-yil dekabr [40]
Plaion Pictures Anime Limited Glazgo / Parij / San Francisco 2022-yil oktyabr [41][42][43]
Sola Media Shtuttgart 2020-yil avgust [25]
Spotfilm Networx Berlin 2021-yil dekabr [44]
Vertigo Games Vertigo Arcade Rotterdam / Los Angeles / Amsterdam 2020-yil sentyabr [45]
Vertigo Publishing [45]
Vertigo Studios [45]
DPI Merchandising Kaliforniya 2022-yil mart [46]
DigixArt Montpellier 2021-yil avgust [47]
Flying Wild Hog Varshava 2020-yil noyabr [48]
Milestone Milan 2019-yil avgust [49]
Prime Matter Myunxen 2021-yil iyun [32]
Ravenscourt Myunxen 2014-yil
Splatter Connect Manchester 2021-yil oktyabr [50]
Voxler Parij / Marsel 2020-yil fevral [51]
Warhorse Studios Praga 2019-yil fevral [46]

Ajralgan filliallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Studiya Fillial Manzil Tashkil etilgan/Sotib olingan Ajralgan Manba
Deep Silver Deep Silver Vienna Vena 2007-yil avgust 2010-yil fevral [52][53]
Volition Champaign 2013-yil yanvar 2022-yil noyabr [54][55]
Free Radical Design Nottingem 2021-yil may 2023-yil dekabr [56][57]
Plaion Pictures KSM Planegg 2019-yil avgust 2019-dekabr [58][59]
  1. Hall, Charlie „Meet the strategic mind behind publisher Deep Silver, Homefront's new owner“. Polygon (2014-yil 8-avgust). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  2. Sarkar, Samit „Deep Silver parent company Koch Media: 'We are not for sale'“. Polygon (2014-yil 7-iyul). 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  3. „Koch Media | Unternehmen“ (de-DE). 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „History – Company“. Koch Media. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Steininger, Stefan „Koch Media etabliert neues Label für Games“ (German). beta.gamesmarkt.de (2002-yil 12-noyabr). 2019-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-may.
  6. McNicol, Craig. „Twenty years of Koch Media“ (en). MCV (2014-yil 5-avgust). 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
  7. „Koch Media steigt ins DVD-Geschäft ein“ (German). beta.blickpunktfilm.de. 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  8. „Koch Films feiert 15-jähriges Jubiläum“ (German). beta.blickpunktfilm.de. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  9. „Koch Media acquires French distributor SG Diffusion“. GamesIndustry.biz. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  10. Jenkins, David „Gamasutra - The Art & Business of Making Games“. www.gamasutra.com. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  11. „Koch Media kauft franzöischen Spiele-Distributor“ (German). channelpartner.de. 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  12. „Koch Media erweitert Entertainmentbusiness“ (German). beta.gamesmarkt.de. 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 13,7 13,8 Mittermayr, Helmut „David kauft Goliath: Koch Media geht an Schweden“ (German). Tiroler Tageszeitung (2018-yil 15-fevral). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  14. Arif, Shabana „THQ Nordic Buys Saints Row, Metro, Dead Island Owner, Koch Media“. IGN (2018-yil 14-fevral). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  15. „Koch Media kauft "Kingdom Come"-Studio Warhorse Studios“. GamesWirtschaft (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  16. Wingefors, Lars „THQ Nordic completes the acquisition Warhorse Studios“. Cision (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  17. Kerr, Chris „Australian publishing partner 18Point2 acquired by THQ Nordic“. Gamasutra (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  18. Handrahan, Matthew „THQ Nordic buys Australian publisher 18Point2“. GamesIndustry.biz (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  19. „THQ Nordic AB (publ) acquires Warhorse Studios“. Embracer Group (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  20. „THQ Nordic AB (publ) acquires 18POINT2“. Embracer Group (2019-yil 13-fevral). 2020-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 „THQ NORDIC AB (PUBL) REG NO.: 556582-6558 INTERIM REPORT 1 • 1 APRIL – 30 JUNE 2019“. Cision (2019-yil 14-avgust). 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  22. Blake, Vikki „Koch Media to acquire Milestone and all IPs, including MotoGP and Supercross“. MCV (2019-yil 14-avgust). 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  23. Romano, Sal „THQ Nordic acquires Milestone S.r.l“. Gematsu (2019-yil 14-avgust). 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  24. Wingefors, Lars „THQ Nordic completes the acquisition of Milestone“. Cision (2019-yil 14-avgust). 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  25. 25,0 25,1 Kerr, Chris „THQ parent company Embracer has purchased Metro dev 4A Games and others“. Gamasutra (2020-yil 13-avgust). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  26. Embracer Group (2020-yil 13-avgust). „Embracer Group Acquires Sola Media“. Press-reliz.
  27. Handrahan, Matthew „Koch Media opens publishing offices in Tokyo and Hong Kong“. GamesIndustry.biz (2020-yil 27-avgust). 2020-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
  28. Romano, Sal „Embracer Group acquires Vertigo Games“. Gematsu (2020-yil 15-sentyabr). 2020-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
  29. „Video game history of the Netherlands“ (2024-yil 6-oktyabr).
  30. „Embracer Group acquires 34BigThings, Flying Wild Hog, Nimble Giant Entertainment, Purple Lamp Studios, Snapshot Games, Zen Studios, more“. Gematsu (2020-yil 18-noyabr). 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  31. Yin-Poole, Wesley „Payday 3 now "fully financed" after Starbreeze signs €50m publishing deal“ (en). Eurogamer (2021-yil 19-mart). 2021-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  32. 32,0 32,1 Scullion, Chris „Koch Media has announced its new 'premium' label Prime Matter, plus 12 new games“. Video Games Chronicle (2021-yil 10-iyun). 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  33. „Koch Media rebrands as Plaion to "acknowledge who we truly are"“ (en). GamesIndustry.biz (2022-yil 4-avgust). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  34. Hodgkins, Crystalyn „German Film Magazine: PLAION Pictures Acquires UK's Anime Limited“. Anime News Network (2022-yil 18-oktyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  35. „BREAKING: Anime Limited Acquired by Plaion Pictures“. Anime UK News (2022-yil 18-oktyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  36. Rumbacher, Jörg „Plaion Pictures übernimmt Anime Ltd.“ (German). Blickpunkt:Film (2022-yil 18-oktyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  37. Batchelor, James „Plaion is restructuring, layoffs planned“. GamesIndustry.biz (2023-yil 5-may). 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  38. „Analyse: Was THQ Nordic mit Koch Media vor hat“ (German). gameswirtschaft.de (2018-yil 15-fevral). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  39. Futter, Mike. „[Update] Deep Silver Buys Homefront, UK Staff To Transfer To New Dambuster Studio, Crytek USA Scaled Back“. Game Informer (inglizcha). 30 July 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2020-05-08.
  40. Corriea, Alexa Ray „Galaxy on Fire developer Fishlabs purchased by Koch Media“ (en). Polygon (2013-yil 2-dekabr). 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  41. Hodgkins, Crystalyn „German Film Magazine: PLAION Pictures Acquires UK's Anime Limited“. Anime News Network (2022-yil 18-oktyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  42. „BREAKING: Anime Limited Acquired by Plaion Pictures“. Anime UK News (2022-yil 18-oktyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  43. Rumbacher, Jörg „Plaion Pictures übernimmt Anime Ltd.“ (German). Blickpunkt:Film (2022-yil 18-oktyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  44. „Koch Films acquires Spotfilm Networx“ (en) (2021-yil 21-dekabr). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  45. 45,0 45,1 45,2 ((Reuters Staff)). „Gaming group Embracer expands in VR with Vertigo Games acquisition“ (en). Reuters (2020-yil 16-sentyabr). 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
  46. 46,0 46,1 Fröhlich, Petra „Development Plus: Koch Media kauft Games-Merchandise-Spezialist“ [Development Plus: Koch Media buys games merchandise specialist] (de). GamesWirtschaft (2022-yil 14-mart). 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-may.
  47. „Embracer Group acquires 3D Realms, CrazyLabs, Digixart, Easy Trigger, Force Field, Ghost Ship Games, Grimfrost, and Slipgate Ironworks“. Gematsu (2021-yil 4-avgust). 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  48. „Embracer Group acquires Flying Wild Hog“. Embracer. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  49. „THQ Nordic completes the acquisition of Milestone“ (en). News Powered by Cision. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  50. „Koch Media acquires Splatter Connect“ (en-US). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  51. „Koch Media acquires Let's Sing! developer, Voxler | Business News“. MCV/DEVELOP (ingliz (Britaniya)). 2020-02-19. Qaraldi: 2020-05-08.
  52. „Koch acquires Games That Matter“ (en). GamesIndustry.biz. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  53. „Koch closes Deep Silver Vienna studio“ (en). GamesIndustry.biz. 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  54. „Deep Silver confirms acquisition of Saints Row, Metro and Volition“ (en). Engadget. 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  55. „Saints Row Dev Merging With Gearbox After New Game's Lukewarm Reviews“ (en-US). GameSpot. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  56. Makuch, Eddie „New TimeSplitters Game Coming From Original Developers“. GameSpot (2021-yil 20-may). 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  57. Phillips, Tom „TimeSplitters studio Free Radical Design closed today, staff say“. Eurogamer. 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  58. Blaney, Martin „Koch Films acquires German indie distributor KSM“ (en). Screen (2019-yil 16-avgust). 2020-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  59. „Über Koch Films - - Koch Media Film“. www.kochmedia-film.de. 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.