Dana Jeyms
Qiyofa
DANA (Dena) Jeyms (1813.12.2, Yutika, Nyu-York shtati — 1895.14.4, Nyu-Xeyven, Konnektikut shtati) — amerikalik geolog va mineralog . NyuXeyven universitetining professor (1855—92). 1837 yilda minerallarning kimyoviy tarkibiga asoslangan tasnifni ishlab chiqqan. 1873 yilda D. "geosinklinal" va "geoantiklinal" terminlarini taklif etdi. D. Yer poʻstidagi yirik bukilmalar va burmalar Yerning sovishi natijasida Yer poʻstining qisqarishidan hosil boʻladi deb hisoblagan. Organik dunyoning tadrijiy rivojlanishida empirik prinsipni ilgari surdi. Bunday tushunchalar hozirgi faqat fan tarixi uchungina ahamiyatli.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |