Daniela Nuțu-Gajić
Daniela Nuțu-Gajić | |
Tugʻilgan sanasi: | 8-iyun 1957-yil |
Tugʻilgan joyi: | Ruminiya |
Yashash joyi: | Avstraliya |
Maksimal reytingi: | 2355 (1993-yil)[1] |
Daniela Nuţu-Gajić (Daniela Silvia Nuţu) (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) — avstraliyalik shaxmatchi. U grossmeyster unvomiga ega (WGM) va shaxmat boʻyicha murabbiydir[2]. U avval, ruminiyalik shaxmatchi edi va Ruminiyani yettita shaxmat Olimpiadasida himoya qilib, beshta medalni (ikkita shaxsiy oltin medal) qoʻlga kiritdi. U 1978-yil, 1979-yil, 1980-yilda Ruminiya ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqasida uch marta gʻolib boʻlgan. U 1989-yilda Yugoslaviya ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqasida va 1995-yilda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Avstraliya chempionatida gʻolib chiqqan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuțu-Gajić 1978-yil, 1979-yil va 1980-yillarda Ruminiya ayollar oʻrtasidagi shaxmat chempionatida uch marta gʻolib chiqqan, 1983-yilda ikkinchi, 1984-yil va 1985-yillarda uchinchi oʻrinni egallagan[3].
Nuțu-Gajić 1978-yildan 1994-yilgacha yettita shaxmat olimpiadasida Ruminiyani himoya qilgan va jami beshta medalni qoʻlga kiritgan. U 1980-yilda Vallettada oʻtkazilgan 24-shaxmat Olimpiadasida 7,5/10 ball toʻpladi va 3-bortda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, u 1982-yilda Luzernda boʻlib oʻtgan 25-shaxmat Olimpiadasida 11/12 ball toʻpladi va 3-bortda shaxsiy oltin medalni va jamoaviy kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Ruminiyaga 1984-yilda Saloniki va 1986-yilda Dubayda ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi[4]. U 1992-yilda Manilada boʻlib oʻtgan Olimpiadada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni Nona Gaprindashvili ustidan gʻalaba qozongan.
U Ruminiyani 1979-yil, 1985-yil, 1992-yillarda Balkaniadada ayollar oʻrtasida uchta shaxmat turnirida himoya qilgan. U 1985-yilda bitta jamoaviy oltin medalni, ikkita shaxsiy kumush medalni (1985-yil va 1992-yilda), ikkita jamoaviy kumush medalni (1979-yil va 1992-yilda) va shaxsiy bronza medalini (1979-yilda) qoʻlga kiritdi[5].
U Plovdivda 1979-yil, Bad Kissingendaa 1981-yil, Băile Herculaneda 1982—1986-yil va Akropolis Afinada 1983-yil bir qator xalqaro musobaqalarda oʻzi va jamoasi bilan birgalikda gʻolib chiqdi. Shuningdek, u Novi Sadda 1979-yil, Kapablanca Memorial Gavana 1986-yil, Tuzlada 1991-yil, Nova Goricada 1993-yil va Bohemia Chrudimda 1994-yil musobaqalarda shohsupaga koʻtarilgan[6].
U bir qator ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionati mintaqaviy turnirlarida va ikkita zonalararo musobaqalarda qatnashgan. U 1985-yilda Gavanada boʻlib oʻtgan Interzonalda Pia Kramling va Nana Ioseliani bilan tenglashib, uchinchi oʻrinni egalladi[7]. U 7/13 ball toʻplagan holda 1991-yilda Suboticadagi Interzonalda 13-oʻrinni egalladi[8]. U 1991-yilda Xayduszobosloda boʻlib oʻtgan mintaqaviy turnirda Ildiko Madldan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi, 1993-yilda Timishoareda uchinchi oʻrinni egalladi va 1995-yilda Nadolda qatnashdi[9].
Nuțu-Gajić 10,5/15 ball toʻplagan holda 1989-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 42-Yugoslaviya chempionatida ishonchli gʻalaba qozondi.
Nuțu-Gajić 1978-yilda xalqaro ayol shaxmat ustasi (WIM), 1986-yilda ayol grossmeyster (WGM) va 2007-yilda FIDE murabbiyi unvoniga sazovor boʻldi.
Avstraliyaga koʻchib oʻtgach, u Avstraliyada ayollar shaxmatiga katta taʼsir koʻrsatdi, 1995-yilda Avstraliya ayollar chempionati va Janubiy Avstraliya (ochiq) chempionati va 1996-yilda Kvinslend ayollar chempionatida gʻolib chiqdi[10][11][12].
Nuțu-Gajić Avstraliyaning birinchi ayol grossmeysteri boʻlgan va 2355 ball bilan eng yuqori reytingga ega ayol boʻlgan. Biroq, u 1998-yildan beri FIDE reytingiga koʻra birorta turnirda ishtirok etmagan, 2014-yildan boshlab u Adelaida shahrida istiqomat qiladi va shaxmat boʻyicha oʻsmirlar murabbiyi boʻlib kelmoqda.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuțu-Gajić Timishoara politexnika universitetida axborot texnologiyalari va matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan va 2014-yildan boshlab axborot texnologiyalari sohasida ishlaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dana Nutu-Gajic FIDE Rating History, www.olimpbase.org
- ↑ Daniela Nutu-Gajic FIDE Player Profile, www.fide.com
- ↑ National Championships (Wayback Machine saytida 2018-03-17 sanasida arxivlangan) Federaţia Română de Şah, www.frsah.ro
- ↑ Daniela Nuţu-Gajic Womenʼs Chess Olympiad results, www.olimpbase.org
- ↑ Daniela Nuţu-Gajic Womenʼs Chess Balkaniad results, www.olimpbase.org
- ↑ Big Database, ChessBase GmbH
- ↑ 1985 Havana Interzonal Tournament Mark Weeks, www.mark-weeks.com
- ↑ 1991 Subotica Interzonal Tournament Mark Weeks, www.mark-weeks.com
- ↑ Correspondence with Polish Chess Federation Vice-President, Dr Andrzej Filipowicz, confirming Nadole 1995 details. 14 Jan 2014.
- ↑ Australian Womenʼs Champions Australian Chess Federation, www.auschess.org.au
- ↑ South Australian Champions Steven Nicholls, www.sachess.org.au/
- ↑ Daniela Nutu-Gajic Player Profile, www.chessgames.com