Daniella Deutscher
Daniella Deutscher | |
---|---|
Tavalludi |
Daniella Maria Deutscher 4-oktyabr 1975-yil Bozeman, Montana, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1995–2006 |
Turmush oʻrtogʻi |
Jay Hernandez (turm. 2006) |
Daniella Maria Deutscher (talaffuzi: Daniella Maria Deutscher)1975-yil 4-oktyabrda tugʻilgan. Shuningdek u Daniella Volters nomi bilan ham tanilgan. Ushbu amerikalik aktrisa shanba tongida namoyish etiladigan Hang Time (1995—2000) teleserialida Julie Connor (talaffuzi: Juli Konnor) rolini oʻynagani bilan mashhur.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Deutscher Vashington shtatining poytaxti Olimpiya shahrida voyaga yetgan va Olimpiya oʻrta maktabida oʻqishni boshlagach, toʻrt yil davomida ushbu dargohning yulduz basketbolchisi sifatida tanilgan.[1] U aktrisalik faoliyatini shanba tongida TNBC televideniyesida namoyish etiladigan "Hang Time" serialida Juli Konnor obrazini tasvirlash bilan boshlagan. Deutscher va uning hamrohi Megan Parlen (talaffuzi: Megan Parlen) ushbu serailning har bir epizodida oʻz mahoratlarini koʻrsatganlar.
Deutscher "Special Forces" filmida Vendi rolini ijro etgan. U ushbu filmda Muldoniyalik harbiy qoʻmondon tomonidan asirga olingan amerikalik jurnalist rolida aktrisalik mahoratini namoyon etgan. Deutscher, shuningdek, kunduzgi televideniyeda taqdim etiladigan "The Bold and the Beautiful" dramasida ham namoyon boʻlgan.
U Hang Time serialidagi sobiq hamkasbi Jay Hernandez (talaffuzi: Jey Ernandes) bilan turmush qurgan.[2][3]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hang Time (1995—2000) (teleserial)
- Special Forces (2003) (film)
- Las-Vegas (2005) (teleserial)
- Aquaman (2006) (teleserial)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Satir, F.E.. „For former Olympia athlete Daniella Deutscher, art imitates life“. The Olympian (22-sentabr 1995-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil. „Olympia High School’s onetime star basketball player Daniella Deutscher is still shooting hoops.“.
- ↑ „MEET OLYMPIA'S MODEL SOPHOMORE“. The News Tribune (26-fevral 1992-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2010-yil.
- ↑ Bruno Zalubil. „GIRLS: ROGERS HALTS OLYMPIA'S HIGH SCORER, WINS“. The News Tribune (11-dekabr 1993-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2010-yil.[sayt ishlamaydi]("...Kindle's plan was to threaten his Rams with running to hold Olympia's Daniella Deutscher, normally a scoring machine, to single digits in points. Deutscher, a two-time Black Hills League MVP...")