Daniyel Axtamov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 26-mart 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, OʻzSSR, SSSR | ||
Boʻyi | 189 sm |
Daniyel Rasimovich Axtamov (ozarbayjoncha: Daniel Rəsim oğlu Axtyamov, 1985-yil 26-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – ozarbayjon va rus futbolchisi, Ozarbayjon terma jamoasi futbolchisi. Hujumchi.
Boigrafiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi Rasim Axtamov Bokuda tavallud topgan. U Neftçi Boku PFK jamoasida futbol oʻynagan[1].
Daniyel Cherepovetsning „Aist“ jamoasining shogirdi boʻlib, 7 yoshidan boshlab futbol oʻynagan. Otasining sharofati bilan Moskvaning „Lokomotiv“ internatiga oʻqishga kirgan. Uni tugatib, temiryoʻlchilar zaxirasiga tushishni moʻljallagan, ammo rahbariyat uni jamoaga olishni istamagan. Axtamov Cherepovetsga qaytib kelgan va u yerda „Sheksna“ futbol jamoasida oʻynay boshlagan.
Axtamov 2004-yilda „Vityaz“ (Podolsk) futbol klubiga oʻtgan, ammo u yerda uzoq qolmagan. 2004-yilning ikkinchi yarmida Ozarbayjonga kelgan va u yerda Ozarbayjon futbol oliy ligasining „Inter“ (Boku) jamoasida oʻynay boshlagan[2].
2005-yilda „Ganja“ futbol klubiga[3], biroz vaqt oʻtgach esa „Olimpik“ (Boku) futbol klubiga oʻtgan. 2006–2007-yilgi mavsumda yana „Inter“ safida oʻynadi.
Daniyel Rasimovich 2008-yilda Torpedo klubi (Moskva) taklifini qabul qilib, Rossiyaga qaytib kelgan[4]. Yil oʻrtalarida „Sheksna“ klubiga oʻtgan.
2009-yilda Belarusning „Minsk“ va Ozarbayjonning „Simurg“ jamoalari sharafini himoya qilgan.
Axtamov 2011-yilda Oʻzbekistonning „Jombay“ jamoasida, 2012-yilda esa Moldovaning „Tiraspol“ klubida oʻynagan.
Futbolchi 2012-yilning ikkinchi yarmida Cherepovets „Aist“ jamoasiga oʻtgan[5] va 2013-yildan „Titan“ (Klin) jamoasida oʻynagan.
Ozarbayjon terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniyel Ozarbayjon fuqaroligini qabul qilgan va Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi safida ilk bor toʻp surgan[6].
Tez orada Ozarbayjon milliy futbol jamoasiga qoʻshilgan 2004-yilda Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda qatnashgan. Bir necha oʻyindan soʻng Axtyamov ozarbayjonlik murabbiylar nazaridan chetda qolgan. 2009-yilda Ozarbayjon terma jamoasiga endigina bosh murabbiylik qila boshlagan Berti Fogts Axtyamovni terma jamoaga qaytargan, ammo hujumchi birorta ham gol ura olmagan[7]. Daniyel umumiy hisobda terma jamoa bilan 13 ta oʻyin oʻtkazgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1972. Высшая лига. Составы команд“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-noyabr.
- ↑ „AFFA - Azərbaycan Futbol Federasiyaları Assosiasiyası“. www.affa.az. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ Shaxin DINIYeV: „Gruppa lyudey v Gyandje prepyatstvuet razvitiyu futbola v regione“[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Главные спортивные новости на сегодня | Poslednie novosti sporta v Rossii i mire.“ (ru). sport-express.ru. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ „Куда унес «Аист» бывшего футболиста сборной Азербайджана?“. 2012-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
- ↑ Daniel Axtyamov
- ↑ „Даниэль Ахтямов не нашел себе друзей в Азербайджане“. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.