Dank ordeni
Qiyofa
Dank ordeni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Qirgʻiziston | |
Turi | orden | |
Kimga topshiriladi | fuqarolarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 16-aprel | |
Birinchi taqdirlash | 1996-yil 4-fevral | |
„Dank“ ordeni (qirgʻizcha: Даңк – Shuhrat) – Qirgʻiziston Respublikasining davlat mukofoti. 1996-yil 16-aprelda „Qirgʻiziston Respublikasining davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida“gi qonun bilan taʼsis etilgan. Orden fuqarolarga davlat xizmati, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, ijodiy, ijtimoiy va xayriya faoliyatidagi muhim yutuqlari uchun beriladi.
Taqdim etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orden ilk marta 1996-yil 4-fevral kuni topshirilgan. Ilk ordenni Sotsialistik mehnat qahramoni Jumaqodir Moʻydunov qabul qilib olgan. 2024-yil holatiga koʻra 1397 kishi „Dank“ ordeni bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Награждённые“. 2024-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.