Kontent qismiga oʻtish

Dannenfeldt maqbarasi

Koordinatalari: 53°50′38.55″N 13°14′14.95″E / 53.8440417°N 13.2374861°E / 53.8440417; 13.2374861
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dannenfeldt maqbarasi
Manzilgoh Mönchow, Usedom, Germaniya
Koordinatalar 53°50′38.55″N 13°14′14.95″E / 53.8440417°N 13.2374861°E / 53.8440417; 13.2374861
Turi maqbara

Dannenfeldt maqbarasi Germaniyaning Usedom hududidagi Monchow shahrida joylashgan 15-asrga oid gotika uslubida qurilgan qishloq cherkovi yaqidagi tarixiy bino va diqqatga sazovor joydir.

Monchow cherkovi yonida joylashgan kichik qabristonda Dannenfeldt oilasi aʼzolarining qabrlari bor. Karl Dannenfeldt cherkov hovlisida maqbara qurish uchun Svinemündelik Pistorius ismli ustani yollagan[1]. 1891-yilda qurib bitkazilgan maqbara Dannenfeldtsga 25 000 oltin markaga tushgan[2]. Maqbara devorlari shlakdan yasalgan uchta xonadan iborat. Tashqi devorlari qizil gʻishtdan qurilgan va umumiy dizayn barokko uslubida qilingan. Cherublarning tashqi qismini bezatilgan va ustiga „Dannenfeldt“ yozuvi yozilgan[3][4][5].

Maqbaraga „ajoyib“, „klassik“ singari taʼriflar beriladi[6][7]. Bino nafis boʻlsa-da, dizayndagi isrofgarchilik va unga bogʻliq xarajat tufayli qurilgan cherkov va qishloqqa nisbatan „dabdabali“ va „ulugʻvor“ koʻrinishda qurilgan deyiladi[8].

Maqbara Usedom oroliga tashrif buyuruvchilar uchun diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi[9]. Ammo maqbaraga kirish uchun keng jamoatchilikka ruxsat berilmagan. Hozirda maqbara Dannenfeldt oilasi yoki qarindoshlari tomonidan ham moliyalashtirilmay qoʻyilgan[10].

  1. „Mönchow Mausoleum – Cemetery Mönchow“ (German). Mein Usedom Urlaub. 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  2. „The Church in Mönchow Pomerania Usedom“ (German). Urlaub Insel Usedom. 2013-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  3. „Auswahl von Baudenkmälern auf Usedom“ (German). Attractions. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  4. „Monchow“ (German). Usedomer Achterland. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  5. „Karnin on the Usedom angle“ (German). Island Usedom. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  6. „Karnin on the Usedom angle“ (German). Island Usedom. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  7. „Wanderungen und Fahrradtouren Sehenswertes“ (German). Rankwitz Im Lieper. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  8. „Usedom-Reisebericht Karnin“ (German). Usedom – Ferienwohnungen. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  9. „Ausflugstipps & Sehenswertes im Usedomer Achterland“ (German). Insel Usedom. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-sentyabr.
  10. „Auswahl von Baudenkmälern auf Usedom“ (German). Attractions. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.