Danuniylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Danuniylar davlati - Kichik Osiyoning jan.-sharqidagi Adan vodiysida joylashgan qad. davlat (mil. av. 1-ming yillikning boshlari). D. d. markazi Qoratepa togʻi atrofida boʻlgan. D. d.ning eng gullagan davri — Azitavadd podsholik qilgan yillar (mil. av. 9-asr ning 2-yarmi) ga toʻgʻri keladi. Mil. av. 8-asr oxirlarida Ossuriya podshosi Sargon II Adan viloyatini oʻziga boʻysundirgan. D. d. da xett va finikiya madaniyati va yozuvlari ustuvor boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil