Kontent qismiga oʻtish

Daraja (harorat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gradus (lotincha: gradus — qadam, daraja) yoki darajatemperaturaning turli shkalalariga muvofiq keladigan har xil birliklarining umumiy nomi. Selsiy gradusi (°S), Kelvin gradusi (K), Farengeyt gradusi (°Gʻ), Reomyur gradusi (°R) mavjud. Selsiy shkalasida suvning muzlash temperaturasi (0°S) bilan qaynash temperaturasi (100°S) oraligʻi teng 100 qismga boʻlinadi. Kelvin shkalasida ideal gaz molekulalarining tartibsiz issiq,lik harakati toʻxtash temperaturasi, yaʼni mutlaq nol (t°=273,15 °C) nol gradus (0 K) debolinadi. Farengeyt shkalasida qor va nashatir aralashmasining erish nuqtasi (0°S) bilan kishi tanasining normal temperaturasi (36°S) oraligʻi teng 100 qismga boʻlingan. Bu shkala boʻyicha 0 °C=32 °F, suvning qaynash temperaturasi 100°S=212°Gʻ, demak, qor erishidan suv qaynashigacha boʻlgan temperatura 180 °F. Reomyur shkalasida suvning muzlash va qaynash oraligʻi 80 ga boʻlingan, yaʼni 100 °C=80°R. Bu temperatura shkalalari orasidagi bogʻlanish quyidagicha: 1 K=1 °C=O,8R=1,8 °F;

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil