Darbon
Darbon (fors— darvozabon, eshik soqchisi) — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda eshik yoki darvoza sokchisi, darvozabon. Qoʻrgʻon, qalʼa yoki shahar darvozalari belgilangan vaqtda D.lar tomonidan ochilgan yoki yopilgan. D.lar darvozadan kiruvchi yoxud chiquvchilarni nazorat qilgan. Darvoza oldida kishilar, otaravalar toʻplanib qolishining oldini olgan. 2) Buxoro amirligida saroy xizmatchisi; Buxoro hayotini zimdan kuzatib, poytaxt xavfsizligini taʼminlab turuvchi harbiy qism va tegishli qurolyarogʻlar mutasaddisi (boshqaruvchisi). D. ixtiyorida zindon yoki Arkda qamalgan mahbuslar ham boʻlgan; amirlik uchun xavfli hisoblangan jinoyatchilarni soʻroq qilgan. D. toʻpchiboshi yoki "toʻpchi boshiyi Arki oliy" ham deb atalib, qushbegi bilan ikkalasi har qanday vaziyatda ham Arkni tark etmasliklari lozim boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |