Kontent qismiga oʻtish

Dariyzabon xalq ogʼzaki ijodi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dariyzabon folkyori janrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dariyzabon folkyori mazmunan rang-barang va janr sifatidan xilma-xildir.
Xalq orasida folkyorning ajoyib namunalari turli xil epik dostonlar, ertaklar, rivoyatlar, qissa, hikoyalar, latiflar, qoʼshiqlar va boshqalar saqlanib qolgan.

Dariyzabon folkyorining oʼziga xos jihati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dariyzabon xalq ogʼzaki ijodining oʼziga xos jihati shundaki, ham urf-odat, marosim qoʼshiqlari, ham urf-odat va marosimga bogʼliq boʼmagan sheʼrlari, dostonlari, maqol, matal, ruboyilar va gʼazallar mavjud.

Nasriy turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dariyzabon xalq folkyorida nasriy asar turlariga doston, ertak, latifa, qissa va boshqa masr yoʼlida yozilagan asarlar kiradi. Bu folkyor yillar mobaynida asrdan-asirga oʼtib kelgan va bunda afgʼon xalqining kelajakka boʼgan ishonchi, orzu-umidlari aks etgan.
Dariy tilida dostonlar ikki turga boʼlinadi:

1. "Qahramonlik" dostonlari ya'ni " Rustame doston", " Goʼrogʼli", " Alpomish" va boshqalar. 2. "Ijtimoiy-maishiy" ya'ni " Samoke ayyor", " Doʼxtare Oypari" va boshqalar.

Ammo bu ikki turga boʼlishi shartli ravishda. Chunki ba'zi dostonlarda voqealar rivoji ham qahramonlik, ham ijtimoiy -maiyshiy yoʼsinda ketishim mumkin. 
Dariy tilidagi dostonlar koʼp xalqlar dostonlari singari nasr va nazmada yozilgan boʼladi.