Dark horse
Dark horse (yoki qora ot) – bu maʼlum bir vaziyatda, ayniqsa, bir nechta raqiblar ishtirok etgan musobaqada[1] koʻzga tashlanadigan, ilgari mashhur boʻlmagan shaxs yoki narsa. Uning hatto hujjatlarda muvaffaqiyat qozonishi dargumon, ammo hali ham gʻoliblikka erishishi mumkin va odatda ular yakunda muvaffaqiyatga erishadilar[2].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu atama qimor shinavandalariga aniq boʻlmagan va shuning uchun pul tikish koeffitsientini belgilash qiyin boʻlgan poyga otining ot poygasida qatnashishi ortidan kelib chiqqan.
Konsepsiya haqidagi birinchi eslatma Benjamin Disraelining „Yosh gertsog“ (1831) romanida uchraydi. Disraelining bosh qahramoni Saint James gersogi ot poygasida kutilmagan natija bilan gʻolib boʻladi va quyidagi soʻzlarni aytadi: „Hech qachon xayoliga ham kelmagan, beparvo Saint Jamesning roʻyxatda eʼtiborga ham olingan qora oti, tribuna oldidan yugurib oʻtdi va gʻalaba qozondi“[3].
Siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konsepsiya siyosiy kontekstlarda Eron[4], Filippin[5], Rossiya[6], Misr, Finlandiya[7], Kanada[8], Buyuk Britaniya[9] va Qoʻshma Shtatlarda qoʻllanadi.
Siyosiy nuqtai nazardan, konsepsiya Qoʻshma Shtatlarga oʻn toʻqqizinchi asrda birinchi marta Demokratik partiyaning 1844-yilgi prezidentlikka nomzodligi qoʻyilib, koʻpgina taniqli davlat arboblari ustidan gʻalaba qozongan, deyarli mashhur boʻlmagan Tennessi shtati siyosatchisi James K. Polkka nisbatan qoʻllanilgach paydo boʻlgan. Polk oʻz partiyasining milliy nomzodlar qurultoyida toʻqqizinchi ovoz berish vaqtida nomzodlikni qoʻlga kiritdi va mamlakatning oʻn birinchi prezidenti boʻldi.
Amerika Qoʻshma Shtatlar prezidentligiga erishgan muvaffaqiyatli qora ot nomzodlari quyidagilardir:
- Franklin Pierce – Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida tanlangan va keyinchalik 1852-yilda oʻn toʻrtinchi prezident etib saylangan.
- Avraam Linkoln – Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida tanlangan va 1860-yilda oʻn oltinchi prezident etib saylangan.
- Rutherford B. Hayes – 1876-yilda oʻn toʻqqizinchi prezident etib saylangan.
- James Garfield – 1880-yilda yigirmanchi prezident etib saylangan.
- Warren G. Harding – Ogayo shtatidan chiqqan senator, 1920-yilda kutilmagan nomzodlikdan soʻng yigirma toʻqqizinchi prezident etib saylangan.
- Garri S. Trumen – Missuri shtatilik vitse-prezident, sobiq senator va oʻttiz uchinchi prezident. 1945-yilda prezident Franklin Rooseveltdan keyin oʻrinbosar boʻlganida Amerika xalqiga deyarli nomaʼlum boʻlgan shaxs edi. Trumen respublikachilar partiyasidan nomzod va Nyu-York gubernatori Tomas E. Dyuiga qarshi gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega boʻlmagan oqsoq prezident hisoblangan, ammo 1948-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonib, dunyoni hayratda qoldirdi – bu Amerika tarixidagi eng noodatiy holatdan biri hisoblanadi.
- Jimmy Carter – Jorjiyaning sobiq gubernatori 1976-yilda oʻttiz toʻqqizinchi prezident etib saylangan; oʻsha yilning boshida, Karter oʻzining Jorjiya shtatidan tashqarida tanilmagan edi, lekin oʻzidan koʻproq mashhurlikka ega boʻlgan raqiblariga qaraganda koʻproq ovozni qoʻlga kiritdi. 1976-yilgi Demokratik Milliy qurultoyda Karter nutqini „Mening ismim Jimmy Carter va men prezidentlikka daʼvogarlik qilaman“ deb boshlaganida oʻzining uncha taniqli emasligi xususida hazil qilgan.
- 2004-yilda John Kerry nomidan Demokratik Konventsiyada qatnashgan Illinoys shtatidan kelgan kichik senator Barak Obama 2008-yilda Demokratik partiya prezidentligi uchun majlislarda qatnashgan vaqtida Amerika xalqi orasida keng tanilmagandi. Nomzodlar orasidan Hillary Clinton koʻpchilik mashhur siyosatchilardan biri sifatida gʻolib boʻlish ehtimoli yuqori edi. Lekin Barak Obama prezident etib saylanadi va mamlakatning birinchi afro-amerikalik prezidenti boʻldi.
- Koʻchmas mulk investori va realiti-televizion shaxs Donald Trump 2,8 milliondan ortiq xalq ovozini yoʻqotganliga qaramay, umumiy saylovda sobiq Davlat kotibi Hillary Clintonni magʻlub etish avvalida, Respublikachilar partiyasidan boʻlgan 15 ta raqibidan koʻproq ovoz toʻpladi. Trump prezidentlikka qadar hech qachon siyosiy lavozimda ishlamagan, lekin 1999-yildan beri prezidentlikka nomzodini qoʻygan va nihoyat 2017-yilda Amerika Qoʻshma shtatlarining 45-prezidenti boʻlishlikka muvaffaq boʻldi.
Amerika tarixidagi ikkita eng mashhur muvaffaqiyatga erisha olmagan, prezidentlikka nomzodlardan biri boʻlgan qora ot – Nebraska shtatidan kelgan uch muddatli kongressmen demokrat William Jennings Bryandir. U 1896-yilgi Demokratik Milliy Konvensiyada oʻzining mashhur „Oltin xoch“ nomli nutqi bilan kuchli taassurot qoldirgan boʻlsa-da, prezidentlik lavozimiga yetisha olmaydi. (Bryan yana ikki marta Demokratik prezidentlikka nomzodlikni qoʻlga kiritadi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi lavozimida ishlaydi). Ana shunday nomzodlarning ikkinchisi respublikachi biznesmen Wendell Willkie boʻlib, 1940-yilgi Respublikachilar milliy qurultoyining oltinchi ovoz berish jarayonidagi nomzodligidan avval hech qachon davlat lavozimida ishlamagan va faqat partiyaga qoʻshilgan boʻlsa ham, 1939-yilda nomzodlar safida boʻlishga erishgan.
Musiqa, televizion koʻrsatuvlar va kinoda foydalanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bundan tashqari, Oscar mukofoti kabi mukofotlarga ajablantiradigan yoki yutish ehtimol boʻlmagan holda gʻoliblikka erishganlar ham qora otlar deb ataladi.
Gitarachi va bir necha qoʻshiqlar muallifi George Harrison The Beatles guruhining „qora ot“i laqabini olgan, chunki uning qoʻshiq muallifi va vokalchisi sifatida koʻrinishi keyinchalik The Beatles faoliyatida, ayniqsa Abbey Road albomi premyerasidan soʻng kutilganidan ham ortiqroq darajaga oshdi. Harrison oʻzining yakkaxon konsert dasturini Dark Horse Records deb nomladi, keyinchalik shu nomli albom va „Dark Horse“ deb atalgan qoʻshiqni keng omma eʼtiboriga havola qildi.
Switchfootning „ Dark Horses“ qoʻshigʻi Amerika boʻylab uysiz va koʻcha bolalariga („Dark Horses“) yordam beruvchi StandUp for Kids tashkilotidan ilhomlangan tarzda yatratilgan.
2013-yilda Katy Perryning „Dark Horse“ nomli qoʻshigʻi Prism toʻrtinchi studiyaviy albomi ichiga kiritilgan. Bu albomda chiqarilgan uchinchi yakkaxon ijro edi va toʻrt hafta davomida Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan.
Sportda foydalanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu atama sportda kutilmagan vaqtda musobaqada kutganidan koʻra yuqoriroq natijaga erishgan jamoalar va sportchilarni tasvirlash uchun ishlatilgan. Bunga misol qilib, 2012-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichida Los-Anjeles Kings (pley-offda 8-oʻrinni egallagan boʻlishiga qaramay, yakunda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan, bunday muvaffaqiyatga erishgan birinchi va yagona jamoa) va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida Xorvatiya (FIFA Jahon reytingida 20-oʻrinda boʻlishiga qaramay chempionat soʻnggida 2-oʻringa qadar koʻtarila olgan) jamoalarini aytish mumkin[10][11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „A dark horse“. The Phrase Finder.
- ↑ „Dark horse“. Merriam Webster.
- ↑ „Origins of Sayings - A Dark Horse“. Trivia Library. 2006-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Who Will Be Iran's Next President?“. Radio Free Liberty (2013-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.
- ↑ „Invest in Philippines, the 'Dark Horse' of Asia“. CNBC (2011-yil 17-noyabr). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Tikhomirov, Vladimir. „Putin names a technocrat Cabinet“. Equity (2012-yil 22-may). Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
- ↑ Jussila, Osmo. From Grand Duchy to a Modern State: A Political History of Finland Since 1809. C. Hurst & Co (Publishers) Ltd., 1999.
- ↑ „About“. The Dark Horse Report. 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-fevral.
- ↑ Gauja, Anika. Party Reform: The Causes, Challenges, and Consequences of Organizational Change. Oxford University Press, 2017 — 184-bet. ISBN 978-0-19-871716-4.
- ↑ Staff, S. I., Croatia has a real shot at winning the World Cup (ingliz (Amerika)), qaraldi: 2021-07-04
- ↑ Holiga. „Is Croatia Emerging as a World Cup Dark Horse?“ (en). Bleacher Report. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.