Kontent qismiga oʻtish

Dasani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dasani (/dəˈsɑːni/) — Coca-Cola kompaniyasi tomonidan yaratilgan, 1999-yilda ishlab chiqarilgan suv brendi[1]. Bu butun dunyo boʻylab sotiladigan Coca-Cola suvining koʻplab brendlaridan biridir. Mahsulot filtrlanadi va shishaga solinadi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coca-Cola mahalliy shahar suv taʼminotidagi suvdan foydalanadi[2], teskari osmos jarayoni yordamida suv filtrlanadi[2] va magniy sulfat (Epsom tuzi), kaliy xlorid va natriy xlorid (osh tuzi) kabi oz miqdoridagi minerallarni qoʻshiladi.

Coca-Cola Dasani suvini 30 foizi oʻsimlikdan olingan plastmassadan tayyorlangan yangi qadoqlarda tarqatishini eʼlon qilgan. Boshqa oʻsimlikka asoslangan qadoqlashdan farqli oʻlaroq, idishlar standart ravishda qayta ishlash zavodlari talablariga toʻla mos keladi va standart suv idishlariga nisbatan uglerod chiqindilarini 25 foizga qisqartiradi[3].

  1. „Coke Enters North American Bottled Water Market With 'fdgdi'“. beverageonline.com. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Soft drink is purified tap water“. BBC News (2004-yil 1-mart).
  3. „Can The PlantBottle Save The Bottled Water Industry?“. Fast Company (2004-yil 19-mart).