Kontent qismiga oʻtish

Dashtobod

Koordinatalari: 40°7′37″N 68°29′40″E / 40.12694°N 68.49444°E / 40.12694; 68.49444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dashtobod
shahar
40°7′37″N 68°29′40″E / 40.12694°N 68.49444°E / 40.12694; 68.49444
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Zomin tumani
Aholisi
 (2005)
23 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99870
Avtomobil kodi 25
Dashtobod xaritada

Dashtobod — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlogʻi, 1937—74 yillarda Obrucheve ( hozirda ham mavjud boʻlib mahalliy "Gazarma" deb nomlanadi)shahar posyolkasi, 1974-yildan 1996 yilgacha Ulyanova, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh.dan 56 Km .Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 23 900 kishi (2005). Shaharda paxta tozalash Zavodi un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 5 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Sa-marqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.[1]

  1. "Dashtobod" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil