Kontent qismiga oʻtish

Dastlabki tergovni toʻxtatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dastlabki tergovni toʻxtatish — Tergov jarayonida toʻsqinlik qiladigan va tergov harakatlarini olib borishga imkon bermaydigan holatlar vujudga kelishi munosabati bilan amalga oshiriladi.

Jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlarini olib borishni toʻxtatish dastlabki tergov, sud muhokamasiga tayinlash va sud muhokamasi davrida ham uchrashi mumkin. Tergov harakatlarini olib borishni toʻxtatish tushunchasi dastlabki tergov mobaynida amaliyotda koʻproq qoʻllanadi. Chunki, tergov harakatlarini olib borishga imkon bermaydigan holatlar aynan dastlabki tergov jarayonida koʻp uchraydi, bu holatni bartaraf etgandan keyingina dastlabki tergovni olib borish mumkin boʻladi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasiga koʻra, dastlabki tergov:'ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan;
  • ayblanuvchining qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgan;
  • ayblanuvchi OʻzR hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa;
  • ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan hollarda toʻxtatiladi. Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi[1][2].
  1. OʻzR Jinoyat protsessual kodeksi
  2. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi