Kontent qismiga oʻtish

Dastshoʻy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dastshoʻy, dashshu — qoʻl yuvishda ishlatiladigan roʻzgʻor buyumi. Qoʻqonda dashshu, Andijon, Fargʻona, Namanganda chilopchin deb ataladi. D. 3 qismdan — dumaloq yassi (baʼzan kungurali) palla, suvdon va shabakali (panjarasimon) qopqoqdan iborat. D.larning shakli va yasalish usuli bir xil, lekin ular turlicha bezatiladi. Asosan mis, sopol, tunukadan yasalgan. D. qadimda obdasta (oftoba) bilan birga qoʻshib sotilgan. Buxoro, Toshkent, Fargona vodiysi, Xorazmda D. minokorlik, sovotkorlik uslubida girih, islimiy naqshlar, ayrim hollarda tasvirlar bilan bezatilib, har xil qimmatbaho toshlar qadalgan, rangli surgichlardan foydalanilgan. Shahrisabz, Qarshida mis D.larga oq qalayi qoplab turli mis bezaklar kadalgan. D. namunalari respublika muzeylarida saqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil