David J. Schwartz
David J. Schwartz | |
---|---|
Tavalludi |
1927-yil 23-mart |
Vafoti | 1987-yil 6-dekabr |
Kasbi | professor, yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | amerika fuqarosi |
Alma mater | Ogayo shtati universiteti, Nebraska universiteti |
David Joseph Schwartz, Jr. (1927-yil 23-mart – 1987-yil 6-dekabr) – amerikalik ruhlantiruvchi yozuvchi va murabbiy boʻlib, 1959-yilda yozgan „The Magic of Thinking Big“ kitobi bilan mashhur[1][2]. U Georgia davlat universitetida marketing professori, kafedra mudiri va isteʼmol moliyasi kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan[3][4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schwarts 1927-yil 23-martda AQShda tavallud topgan. U 1948-yilda Nebraska universitetida bakalavr darajasini, 1953-yilda Ogayo shtati universitetida magistr, keyin esa PhD darajasini olgan[5][6][7].
U Atlanta shahridagi Georgia shtat universitetining professori boʻlgan va Amerikaning motivatsiya berish boʻyicha yetakchisi hisoblangan[8][9]. U oʻzining motivatsion nashrlari va oʻz-oʻziga yordam beradigan kitoblari, ayniqsa, 1959-yilda nashr etilgan „The Magic of Thinking Big“ kitobi sababli mashhur boʻlgan[10] . Keyinchalik, u oʻz-oʻziga yordam berish boʻyicha murabbiy va strateg sifatida oʻz ishini boshlagan va Creative Educational Services Inc deb nomlangan, yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzining konsalting kompaniyasini tashkil etgan[11].
Hozirda Georgia shtat universiteti uning sharafiga stipendiya ham ajratadi[12].
The Magic of Thinking Big
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Magic of Thinking Big – birinchi marta 1959-yilda nashr etilgan[13], David J. Schwartsning oʻz-oʻziga yordam beradigan kitobidir. Kitob Simon va Schusterning eng koʻp sotilgan kitoblaridan biri boʻlgan[14] va u 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan[15][16]. U odamlarga oʻz maqsadlarini yuqori belgilashni va ularga erishish uchun ijobiy fikrlashni oʻrgatadi[17].
Muallif insonning oʻz fikrlash shakli va fikrlash odatini oʻzgartirish orqali xohlagan narsaga erishish boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatma bergan. Uning taʼkidlashicha, vizualizatsiya hamma narsaga qiymat qoʻshadi va ulkan fikrlash nafaqat nima borligini, balki nima boʻlishi mumkinligini ham koʻrishga oʻrgatish demakdir. U yaxshi xabarlarni yetkazish gʻalaba qozonish ekanligini tushuntirgan va bu biz oʻzimizni hamda biz gaplashayotgan odamlarni ham tinchlantirishini taʼkidlab oʻtgan[18]. Lou Holtzning taʼkidlashicha, ushbu kitob unga umrbod maqsadlari roʻyxatini yaratishga yordam bergan[19]. Yozuvchi, shuningdek, kitobda uchta muvaffaqiyatsizlik kasalligini tasvirlaydi, shulardan biri prokrastinatsiya[20]. Toʻgʻri qaror qabul qilish va salbiy fikrlardan qochish – kitobning asosiy mavzusi[21].
Boshqa nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schwartz, David Joseph. The Magic of Getting What You Want (en). W. Morrow, May 1, 1983. ISBN 9780688018245.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Whatʼs On Your 'Must-Read List?'." Broker. (October 2001 / November 2001): 797 words. Nexis. Web. Date Accessed: 2018/07/08.
- ↑ „Delta Tau Fraternity Organizes“. The Georgia State College Signal (1969-yil 24-aprel), s. 8. Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
- ↑ Zailskas, S. 2007, „Book It“, Professional Builder, vol. 72, no. 1, pp. 29.
- ↑ "You’ve Got to Read This Book: 55 People Tell the Story of the Book That Changed Their Life", 2006, Publishers Weekly, vol. 253, no. 27, pp. 68.
- ↑ „Teachers Host Psychologist“. (Newspapers.com). Xenia Daily Gazette from Xenia, Ohio (1968-yil 24-aprel), s. 19. Qaraldi: 2018-yil 9-iyul.
- ↑ Abstracts of Theses Presented by Candidates for the Master's Degree (en). Ohio State University Press, 1948.
- ↑ Dissertation Abstracts (en). University Microfilms, 1959.
- ↑ Johnson, L. 1999, „A reading list for those who want to succeed“, Management Today, p. 98.
- ↑ Willoughby, M. 2015, „Ignoring fear“, The Mississippi Business Journal, vol. 37, no. 1, pp. 11.
- ↑ Monitor 2011, 12 books Seth Godin thinks you should read, Boston, Mass.
- ↑ Clary, J. M., Hadari, M. K., Holmwood, A. B., Schmidt, S. A. & Shapiro, R. S. 1994, „Sales ideas from young Top of the Table producers“, Life & Health Insurance Sales, vol. 137, no. 5, pp. 6.
- ↑ Dr. David Schwartz Memorial Scholarship, Georgia State University.
- ↑ The magic of thinking big.. Prentice-Hall, 1959. OCLC 944145282. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ Applebaum, Judith. „PAPERBACK TALK; Another Angle on What We Read“. The New York Times (1982-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 11-iyul.
- ↑ „Book Review: The Magic Of Thinking Big Work On Your Game with Dre Baldwin aka DreAllDay“. Work On Your Game with Dre Baldwin aka DreAllDay (2009-yil 19-iyul). 2022-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „The Magic of Thinking Big by David J Schwartz“. penguin.co.uk. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „The Magic of Thinking Big by David J. Schwartz“. 24 Carrot Writing. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ Kumar, Aditya „The Magic Of Thinking Big“. bsp.iitd.ac.in. 2019-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „Nonfiction Book Review: You've Got to Read This Book: 55 People Tell the Story of the Book That Changed Their Life by Jack Canfield, Author, Gay Hendricks, Author, Carol Kline, With . Collins $24.95 (286p) ISBN 978-0-06-089169-5“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „THE MAGIC OF GETTING WHAT YOU WANT by David J. Schwartz Kirkus Reviews“. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „Book Summary The Magic Of Thinking Big – Daily Life Talk“. Daily Life Talk (2017-yil 23-avgust). 2018-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.