Kontent qismiga oʻtish

David Saldadze

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Salixov, Shamil Magomedraupovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Rossiya / Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1988-yil 26-iyul
Xasavyurt, Dogʻiston ASSR, Rossiya SFSR, SSSR
Faoliyat yillari 1997-yil – h.v.
Boʻyi 160 sm
Vazni 55 kg.gacha
Sport
Qaysi sport erkin kurash
Klubi Dinamo (Xasavyurt)
Murabbiy(lar)i S.Aliasxarov

David Tengizovich Saldadze (ukraincha: Давид Тенгізович Салдадзе ;David Tengizovich Saldadze, Kutaisi) - ukrainalik va oʻzbek kurashchisi, 2000-yilgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori. Georgiy Saldadzening ukasi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

David Saldadze Gruziya SSRning Kutaisi shahrida tugʻilgan va 15 yoshida katta akasi Georgiy yashagan Luganskga koʻchib oʻtgan. Aynan Luganskda Saldadze kurash bilan jiddiy shugʻullana boshladi, uni Nikolay Ivanovich Rubejniy tayyorlagan. Oxirgi murabbiyi boshchiligida David Yevropa chempionatining oʻsmirlar oʻrtasida toʻrtta turnirida va 1996-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan.

1998-yilda kattalar darajasida Saldadze Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan va ikki yildan soʻng Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida Ukraina nomidan ishtirok etgan. Saldadze finalga chiqqan, mazkur fanalda ringda unga qarshi shved Mikael Lyungberg chiqqan. Oʻsha paytlarda yunon-rum kurash qoidalarida oʻzaro tortishish qoidasi mavjud edi. David gʻalaba qozonish holatida edi va uni amalga oshirishga harakat qildi. Biroq, raqib Davidga ushbu zarbani amalga oshrishga yoʻl qoʻymadi, buning uchun u ogohlantirish oldi. Saldadze ikki ochko bilan taqdirlandi. Biroq yarim daqiqadan soʻng hakamlar oʻz fikrlarini oʻzgartirib, buni aksini qilishdi: Lyungbergga – ikki ochko, Saldadzega – ogohlantirish berildi. 0:2 hisobida shvedlar foydasiga boʻlgan kurashda Saldadze hisobni oshirishga harakat qildi va hatto bitta muvaffaqiyatli hujumni amalga oshirdi. Buning uchun hakamlar ukrainalik kurashchiga faqat bitta ochko berishdi. Saldadze raqibga bosim oʻtkazishda davom etdi, biroq tez orada vaqt tugadi va hisobni tenglashtirishga ulgurmadi. Gʻalaba qozonish uchun kamida uch ochko ustunligi zarur boʻlgani sababli, Oʻyinlar gʻolibi sud qarori bilan aniqlandi, natijada birinchi oʻrin shved kurashchisiga berildi[1]. Ukraina jamoasi hakamning qarori ustidan shikoyat qilishga urinib koʻrdi[2].

Olimpiadadan keyin David Luganskdan Donetskka koʻchib oʻtdi. Oʻsha yillarda muvaffaqiyatli boʻlgan Mariupolning „Azovmash“ sport klubi bilan shartnoma imzoladi. Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kotov Saldadzega ishonishda davom etdi va uni 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga jamoaning da’vogarlik arizasiga kiritdi. Birinchi jangda Saldadze gruziyalik Ramaz Nozadzega yutqazdi. Avvaliga David aniq gʻalaba qozonayotgandi, lekin dastlab hakamlar unga ogohlantirish berishdi va oʻn soniyadan soʻng uni parterga qoʻyishdi.

Olimpiadadan soʻng nizo tufayli Saldadze darhol Ukrainani tark etdi[3]. Mariupolda unga Oʻzbekistonga koʻchib oʻtishni taklif qilishdi. David vazni oshirib, 120 kilogrammgacha boʻlgan toifada jang qila boshladi. Oʻzbekiston bayrogʻi ostida 2008-yilgi Olimpiada (14-oʻrin) va 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashib, soʻnggi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritgan.

  • III-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (06.10.2000)[4]