Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Turi | Davlat boshqaruv idorasi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 14-yanvar, 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 6-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Akmalxon Ortiqov |
Vebsayti | davaktiv.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – davlat hududida bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni ragʻbatlantirish, samarali mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilot[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-fevraldagi PF-337-son „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti (Davlat mulki komiteti)ni tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti tashkil etilgan[2].
1994-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan[3].
2005-yil 4-maydagi PF-3603-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi deb oʻzgartirilgan[4].
2006-yil 26-aprel kuni Davlat mulki qoʻmitasi qayta tashkil etildi[5].
2012-yil 13-noyabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitalari birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilgan[6].
2017-yil 18-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sifatida qayt tashkil etilgan[7].
2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq[8], Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son „Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini tashkil etilgan[9]. 2019-yil 15-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davlat raqobat qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazi tugatilib, uning shtat birliklari, shuningdek, vazifa, funksiya va vakolatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazigan[10].
Agentlikning vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish;
- davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish;
- davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va xususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar[11].
Boshqaruv tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ortikov Akmalxon Joʻraxonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori[12].
- Xusanov Nodirbek Djummaevich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
- Miraliyev Alisher Erkinovich – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkil etilish tarixi to‘g‘risida“. davaktiv.uz. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „ДАВЛАТ ТАСАРРУФИДАН ЧИҚАРИШ ВА ХУСУСИЙЛАШТИРИШ ТЎҒРИСИДА“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DAVLAT QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASINING NOMINI O‘ZGARTIRISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLASHTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLASHISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH, MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHNI TARTIBGA SOLISH TIZIMINI VA KAPITAL BOZORINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Davlat raqobat qo‘mitasi nega tugatilganini ma'lum qildi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar boʻldi“. xs.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.
- ↑ „Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 21-may 2024-yil.