Kontent qismiga oʻtish

Davlat imtihoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Davlat imtihoni - OʻzRda oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlarida bitiruv imtihoni. Tibbiyot, pedagogika, qishloq xoʻjaligi institutlari va oʻrta maxsus hamda kasbhunar oʻquv yurtlari, konservatoriya, madaniyat institutlari, jismoniy tarbiya institut va oʻrta maxsus hamda kasb-hunar oʻquv yurtlarida bitiruvchilar, odatda, ijtimoiy siyosiy fanlarning biridan va asosiy ixtisoslikka tegishli 2—3 fandan D. i. topshiradilar; universitet, iqtisodiyot va teatr oliy oʻquv yurtlarini bitiruvchilar ijtimoiy siyosiy fanlarning biridan D. i. topshirish bilan birga, diplom ishi himoya qiladilar.

Oliy texnika oʻquv yurtlarida D. i. oʻrniga diplom loyihasi, badiiy intlarda diplom ishi himoya qilinadi. D. i.ni oliy oʻquv yurtlarining davlat imtihon komissiyasi hamda oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlarining davlat ixtisos komissiyasi oʻtkazadi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi: rais — muayyan ixtisosdagi yirik mutaxassis yoki olim (mazkur oʻquv yurtida ishlamaydigan) va komissiya aʼzolari — oliy oʻquv yurtlarida: rektor yoki prorektor, fakultet dekani yoki uning oʻrinbosari, kafedra mudiri, professor va dotsentlar; oʻrta maxsus va kasb-xunar oʻquv yurtlarida — direktor (direktor oʻrinbosari), ixtisoslikka tegishli fanlardan bir necha oʻqituvchi. D. i.ga oʻquv rejasining barcha talabini bajargan shaxslar qoʻyiladi. D. i.da qoʻyilgan baho komissiyaning yopiq majlisida koʻpchilik ovoz bilan tasdiklanadi. Oʻquv yurtini bitiruvchiga tegishli mutaxassislikni berish masalasi D. i.ni topshirish asosida hal qilinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil