Kontent qismiga oʻtish

Davlat va huquq nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat va huquq nazariyasi - davlat-huquqiy hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilishini oʻrganuvchi umumnazariy yuridik qonuniyatlar haqidagi bilimlar tizimidir. Davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, harakatda boʻlishi (faoliyat koʻrsatishi) va istiqboli toʻgʻrisidagi eng umumiy qonuniyatlar hisoblanadi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarning mantiqiy tarzda umumlashtirilgan sistemasi hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi nisbatan mustaqil boʻlgan Davlat nazariyasi va Huquq nazariyasiga ajratiladi.[1]

  1. Davlat va huquq nazariyasi. Sh. A. Saydullaev..