Davos
Davos | |
---|---|
shahar | |
46°47′59″N 9°49′59″E / 46.79972°N 9.83306°E | |
Mamlakat | Shveysariya |
Kanton | Graubünden |
Okrug | Prättigau/Davos (okrug) |
Hukumat | |
Maydon | 254.41 km2 (98.23 kv mi) |
Markazi balandligi | 1560 m |
Aholisi (2006) |
10 744 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i |
7260 Davos Dorf 7270 Davos Platz |
Avtomobil kodi | GR |
Rasmiy kodi | 3851 |
|
Davos — Shveysariyaning sharqiy qismidagi shahar, togʻ iqlimli kurort. Sharqiy Alp togʻlarida 1550 m dan ziyod balandlikda joylashgan. Turizm, qishki sport oʻyinlari markazi. Aholisi 11 ming kishidan ortiq. D.da quyoshli kunlar koʻp boʻladi, shamol boʻlmaydi, quyosh radiatsiyasi kuchli. Qishi moʻtadil yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7°), yozi salqin (iyulning oʻrtacha temperaturasi 12°); yillik yogʻin qariyb 900 mm. D.da tibbiyot va baland togʻ iqlimi kurorti instituti, qor va koʻchkilarni tadqiq qilish milliy instituti, sanatoriy, pansionat, mexmonxona, teatr, sport inshootlari va b. bor. Shaharda har yili Butunjahon iqtisodiy anjumani oʻtkaziladi. 1992-yildan boshlab bu anjumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ham ishtirok etmoqda.[1]
Davos Shveysariyaning Graubünden kantonida joylashgan shahardir. Prättigau/Davos (okrug) okrugi tarkibiga kiradi. Maydoni – 254.41 km2. 10 744 nafar aholi istiqomat qiladi (2006).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davosning hududi 284[2][3] km2ni tashkil etadi. Dengiz sathidan oʻrtacha 1559[4] va 1563 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Soni | |
---|---|---|
2015 | 11 109 | |
2017 | 10 937 | |
2018 | 10 898 | |
2019 | 10 862 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title) — Federal Statistical Office.
- ↑ (unspecified title)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Davos haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (olm.)