Davraga tush

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Davraga tush“
Rustam Gʻoipov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1986
Yozib olingan 1986
Davomiyligi 3:29
Matn muallif(lar)i Mirzabek Xolmedov
Klipi
„Davraga tush“ YouTubeda

Davraga tush“ — oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan qoʻshiq. 1986-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq qiziqchi va shoir Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼrga bastalangan[1]. „Davraga tush“ Gʻoipov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqdir. Taronani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Avazbek Olimov hamda Husan kaver qilgan.

Qoʻshiq nafaqat Oʻzbekistonda, balki unga qoʻshni Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmanistonda toʻylarda eng koʻp ijro etiladigan taronalarning biridir. YouTubeda Gʻoipov ijrolaridan bir toʻrt yil ichida 20 million martadan koʻp koʻrilgan[2]. Markaziy Osiyo mamlakatlarida mazkur qoʻshiqqa raqsga tushayotganlar aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ommalashib turadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ўзбегим йигитлари“. Ozodlik radiosi (27-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 11-iyul 2022-yil.
  2. „Rustam Gʻoipov - Davraga tush“. YouTube (28-aprel 2017-yil). Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.