Davron Safoyev
Davron Iskandarovich Safoyev (1932.30.12, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). 1951—1971 yillari Tojikistonda yashagan. 1971-yildan Samarqand davlat opera va balet teatri (hozirgi Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri)da bosh rassom. Ijodini "Xorpushtak" (Tojikiston) satirik jurnalda bosh rassomlik bilan boshlagan (1953—1955). Safoyev bezagan spektakllar: "Gulsanam", "Togʻ qizi", "Shoir qalbi", "Komde va Mudan", "Asrga teng kun", "Uygʻonish", "Samarqand afsonasi", "Muhabbat taronalari", "Alpomish" va boshqa Safoyev shuningdek, portretlar ("Hofiz Sheroziy", "Abdurahmon Jomiy", "Ota portreta" va boshqalar), hajviy asarlar ("Rais paxta teradi", "Dangasalar", "Nikoh va sud" va boshqalar) muallifidir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |