Kontent qismiga oʻtish

Daxanavar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daxanavar
Դախանավար
Mifologiya Arman mifologiyasi
Turi Vampir
Jins erkak
Mashgʻulot Notanishlarning qonini ichdi
Bogʻliq tushunchalar „366 vodiy“

Daxanavar, shuningdek Dashnavar (armancha: Դախանավար) — qadimgi arman mifologiyasida, Ultish Alto-tem togʻlarida yashovchi vampir. U oʻz yerlarida yashagan aholini hech qachon oʻldirmagani bilan mashhur boʻlgan[1][2][3].

Afsonaga koʻra, Daxanavar 366 vodiyga egalik qilgan va unga begonalarning tashrif buyurishiga hech qachon ruxsat bermagan. U gʻayritabiiy kuchga ega boʻlib, koʻp yillar davomida odamlarni himoya qildi, dushmanlarning Ultish Alto-tem togʻidan oʻtishiga va Armanistonni egallashiga toʻsqinlik qildi. Kimdir uning yerlariga bostirib kirganda, u tunda ularga hujum qildi, qonini soʻrib oʻldirdi.

Baron Avgust fon Akstauzen tomonidan 1854-yilda yozilgan hikoyada, Daxanavara hududiga kelgan ikki sayohatchi haqida hikoya qilinadi. Bu sayohatchilar Daxanavarning faqat tunda notanishlarning qonini soʻrishini bilishgan va undan saqlanish uchun oyoqlarini bir-birining boshi ostida qoʻyib uxlashgan. Daxanavar ikki boshli, oyogʻi yoʻq bu gʻalati jonzotdan dovdirab qolib bu yerlarni tark etdi va uni bu yerlarda boshqa koʻrishmadi.

Badiiy adabiyotda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. gisher.ru
  2. vampir.ru
  3. „monstropedia.org“. 2010-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-sentyabr.
  4. Цикл "Киндрет"