Dayan
Dayan - yahudiylikdagi diniy sud (beyt-din) sudyasi.Shuningdek, Sharqiy Yevropada “taqvodor da’vatchi”ga nisbatan ham qoʻllanadi. Dayanlar aksar holatda, ajrim, g‘uyur, kishining galaxaga ko‘ra mavqe’ini aniqlash kabi ishlarni ko‘rib chiqadi. Ortodoks yahudiylikda, faqatgina erkak kishi dayan bo‘lishi, konservativ va revormist yahudiylikda ayol kishi ham bo‘lishi mumkin. Umuman olganda dayan vazifasida ishlashlik uchun alohida bir ilohiyotga oid ta’lim olishni talab qilmaydi. Biroq, aksar dayanlar intensiv ta’lim olishadi yoki ravvinlardan bo‘lishi mumkin. Yevropadagi yahudiy jamoalarida dayanlar ravvinlarga nisbatan maqomi pastroq bo‘lganini ko‘rish mumkin. Buyuk Britaniya yahudiy jamoalari bundan istisno bo‘lib, rasmiy diniy sud vakillari dayan deb yuritilgan. Isroilda diniy sud sudyasi dayan deb atalsa, dunyoviy sudlar sudyasi “shofet” deb ataladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 149.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |