Kontent qismiga oʻtish

Dayanxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dayanxon (asl ismi — Botu Munke; u "umumiy xon" maʼnosidagi D. faxriy unvoni bilan mashhur boʻlgan) (taxminan 1460 — taxminan 1543) — moʻgʻul xoni (taxminan 1479 yildan). Uzoq vaqt davom etgan ichki kurashlardan soʻng butun Moʻgʻulistonni oʻz hukmronligi ostiga birlashtirgan. 1488 yil oʻzini "ulugʻ yuan qogʻoni" deb eʼlon qilgan. Xitoy ustiga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirgan. D. ning katta qoʻshini (100 ming kishi), behisob chorvasi va mulki boʻlgan. Xangay togʻlari yaqinidagi Xalxada koʻchib yurgan. Moʻgʻulistonni birlashtirish ishiga unga katta yordam bergan mashhur malika Manduxay xotun D.ning xotini edi. D. vafotidan soʻng uning mol-mulki oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlab olingan, Moʻgʻuliston esa bir necha xonliklarga parchalanib ketgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil