Dead Blonde

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arina Nikolayevna Bulanova (haqiqiy familiyasi Murasheva; 1999-yil 6-aprel, Arxangelsk) – Dead Blonde nomi bilan tanilgan rus qoʻshiqchisi[1]. TikTok[2][3] ijtimoiy tarmogʻiga yuklangan „Malchik na devyatke“ va „Bespridannitsa“[4][5][6][7][8][9] qoʻshiqlari tufayli mashhurlikka erishgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalik va yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arina Bulanova 1999-yil 6-aprelda Arxangelskda tugʻilgan. „Bulanova“ taxallusi taniqli qoʻshiqchi Tatyana Bulanovaning familiyasiga ishora qiladi. Arina bolaligini Solombala shahrida oʻtkazgan, 50-maktabda oʻqigan. Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgandan soʻng, Tergov qoʻmitasi akademiyasiga oʻqishga kiradi va keyinchalik oʻqishni musiqiy karyera uchun tashlaydi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil yanvar oyida GSPD musiqa loyihasining telegram hamjamiyatida Arina loyiha muallifi David Deymur bilan uchrashdi. Uzoq vaqt davomida Arina oʻzini GSPD muxlisi deb hisoblardi. 2019-yil 11-sentyabrda Arina va David turmush qurishdi. Devid Damur bilan uchrashgan yildan beri Arina GSPD loyihasining bir qismiga aylanadi, konsertlarda qoʻshiqchi va DJlik qiladi. 2020-yil 7-yanvarda David Deymur va Arina Bulanova oldin yaratishdan bosh tortgan Dead Blonde loyihasini ishga tushirishadi. 30-aprelda „Propaganda“ debyut studiyaviy albomi chiqdi, unga 14-fevralda chiqarilgan „Back to School“ singli kiritilgan[10][11]. 2020-yil 25-sentyabrda „Mejdu panelnix domov“ singli chiqadi, 6-oktyabrda esa Hotzzenning remiksi chiqadi. 2021-yil aprelning oxiri, mayning boshida „Malchik na devyatke“ treki TikTok’da mashhur boʻla boshladi, undan keyin qoʻshiq YouTube, iTunes, Apple Music va Spotify[3] chartlariga kirdi. 1-may kuni 10 000 kishiga moʻljallangan zalda GSPD konsertida qoʻshiq birinchi marta jonli ijroda ijro etildi. 18-may kuni GSPDdan „Malchik na devyatke“ ning klub remiksi chiqdi. 2-iyulda ikkinchi albom „Knyajna iz xrushchyovki“ chiqadi. Oktyabr oyining oxirida Arina Bulanova Moskva va Sankt-Peterburgda birinchi yakkaxon konsertlarini oʻtkazdi[12]. Rossiya, Ukraina va Belarus respublikasi boʻylab gastrol safari rejalashtirilgandi, ammo 2022-yil mart oyida barcha konsertlarni bekor qilishga majbur boʻldi. 2022-yil 10-fevralda Ne takaya, kak vse" singli chiqdi. „Spletnitsa“ nomli uchinchi albomning chiqishi 2022-yil 18-noyabrda boʻlib oʻtdi. 2023-yil 16-iyunda „Monika Belluchchi“ singlini chiqaradi[13]. 2023-yil 7-iyulda Prosto Lera bilan birgalikda yozilgan „Vzrosliye“ singli chiqadi. Shu kuni yosh qoʻshiqchi Miroslavaning debyut singli chiqdi, unda Dead Blonde prodyuser sifatida ishlagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda GSPD musiqiy loyihasi muallifi David Deymurga turmushga chiqqan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Девушка The Flow: Dead Blonde“. The Flow (2021-yil 2-iyun). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  2. Редакция Cosmo.ru. „Музыкальный проект DEAD BLONDE неожиданно попал в топ Apple Music“. Cosmopolitan (2020-yil 13-may). 2021-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
  3. 3,0 3,1 Юлия Копылова. „Киркоров сплясал под ее хит о России 90-х. Как TikTok помог архангелогородке стать известной“ (2021-yil 31-may). 2021-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  4. „Музыкальные чарты за 16 неделю: лидируют Ramil', Леди Диана, Егор Крид и другие“. intermedia.ru. 2021-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  5. „Музыкальные чарты за 17 неделю: лидируют Моргенштерн, Imanbek, Егор Крид и другие“. intermedia.ru. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  6. „Музыкальные чарты за 18 неделю: лидируют Masked Wolf, Моргенштерн, Тилль Линдеманн и другие“. intermedia.ru (2021-yil 13-may). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  7. „Музыкальные чарты за 19 неделю: лидируют Клава Кока & «Руки вверх», Моргенштерн, Bella Poarch и другие“. intermedia.ru (2021-yil 20-may). 2021-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  8. „Музыкальные чарты за 20 неделю: лидируют HammAli & Navai, BTS, Моргенштерн и другие“. intermedia.ru (2021-yil 27-may). 2021-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  9. „Музыкальные чарты за 21 неделю: лидируют HammAli & Navai, BTS, Morgenshtern“. intermedia.ru (2021-yil 3-iyun). 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  10. „Рецензия: Dead Blonde - «Пропаганда»“. intermedia.ru (2020-yil 15-may). 2021-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  11. „Бэк-вокалистка GSPD занялась «Пропагандой» (Слушать)“. intermedia.ru (2020-yil 2-may). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  12. „Dead Blonde готовится к первым сольникам в двух столицах“. intermedia.ru (2021-yil 2-iyun). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  13. „Dead Blonde затусила с «Моникой Беллуччи»“. InterMedia (2023-yil 16-iyun).