Kontent qismiga oʻtish

Deaerator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Deaerator (de... va ayeg — havo) — suvni unda erigan (jihozlarni zanglatadigan) kislorod va karbonat angidridsgm tozalaydigan apparat. Termik, kimyoviy, desorbsion va b. xillari bor. Termik (issiqlik) Deaeratorda zararli gazlar suvni isitish vaqtida chiqib ketadi. Kimyoviy Deaeratorda natriy sulfitdan foydalaniladi. Desorbsion Deaeratorning ishi sorbsiya (gaz, bugʻ va erigan moddalarning qattiq jism yoki suyuklikda yutilishi) ga teskari jarayon (de-sorbsiya)ga asoslanadi. Bugʻ generato-pura beriladigan taʼminlash suvini va issiqlik tarmogʻiga yuboriladigan qoʻshimcha suvni tozalash (deaeratsiyalash) uchun Deaerator issiqlik elektr stansiya (Issiqlik elektr stansiya—TETS)lariga, energetika qurilmalariga, kichikroq qozonxonalarga oʻrnatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil